Rustam Ibragimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rustam Maratovich Ibragimov
Tavalludi 24-iyun 1975 (47 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Sohasi ekonometrika
Ish joylari London Imperial kolleji
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti Markaziy Michigan universiteti Yel universiteti
Ilmiy darajasi fizika-matematika fanlari nomzodi iqtisodiyot bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD)
Akademik rahbarlari Shaturgun Sharakhmetov[d] va Fillips, Piter Charlz Bonest

Rustam Maratovich Ibragimov (oʻzbekcha: Rustam Maratovich Ibragimov; 1975-yil 24-iyunda tugʻilgan) — oʻzbek iqtisodchisi. London Imperial kolleji biznes maktabining moliya va ekonometriya professori, Sankt-Peterburg universiteti qoshidagi Ekonometriya va biznes razvedkasi markazi bosh ilmiy xodimi. Fizika-matematika fanlari nomzodi va iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rustam Ibragimov 1996-yilda Toshkent Davlat universitetining matematika fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Bir yil o‘tgach, fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun „Simmetrik statistika momentlarini baholash[1] mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. O‘zbekiston tarixida birinchi marta fan nomzodligi uchun diplom ishi istisno tariqasida qabul qilingan[2]. AQSHda oʻqishini davom ettirgan, 2000-yilda Markaziy Michigan universitetida iqtisod boʻyicha magistrlik darajasini, 2005-yilda Yel universitetida professor Piter Fillips rahbarligida „New Majorization Theory in Economics and Martingale Convergence Results in Econometrics“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va iqtisod fanlari doktori PhD ilmiy darajasini olgan.

2005-yildan 2012-yilgacha Garvard universitetida dars bergan. 2012-yildan London Imperial kolleji biznes maktabida moliya va ekonometriya professori. Akademik faoliyati davomida Rustam Ibragimov Kembrij biznes maktabi, Oksforddagi Nuffild kolleji, Kolumbiya universiteti, Innopolis universiteti, Qozon federal universiteti va MDH davlatlarining boshqa ilmiy va taʼlim markazlariga tashrif buyurib maʼruzalar o‘qigan va turli lavozimlarda ham ishlagan.

2016-yilda Rossiya Fan fondi[3][4] doirasida Sankt-Peterburg davlat universiteti negizida Sidney universiteti professori Artyom Proxorov bilan birgalikda Ekonometriya va biznes tahlil boʻyicha fanlararo markaz tashkil etgan[5].

2020-yilda Artyom Proxorov va Stanislav Uryasyev bilan birgalikdagi „Diversification failures and improved measures of uncertainty“ mavzusidagi tadqiqoti uchun 321 000 AQSh dollari miqdorida Avstraliya Ilmiy Kengashi grantini yutib olgan[6].

Rustam Ibragimovning ilmiy qiziqishlari moliya-iqtisodiy bozorlardagi inqirozlarni modellashtirish va ularning iqtisodiyot va moliyadagi asosiy modellarning xususiyatlariga taʼsirini tahlil qilish; ishonchli ekonometrik va statistik xulosa chiqarish usullarini ishlab chiqish va ularni moliyaviy ekonometriyada qo‘llashdan iboratdir. Uning tadqiqotlari moliya, iqtisod, ekonometrika va statistikaga oid  Journal of Financial Economics, the Review of Financial Studies, Management Science, the Journal of Business and Economic Statistics, the Review of Economics and Statistics, the Journal of Econometrics, Econometric Theory, Annals of Probability kabi yetakchi jurnallarda chop etilgan. Shuningdek, Econometric Theory (2010-yildan), Journal of Empirical Finance (2020-yildan) va „Kvantil“ rus jurnali tahririyati aʼzosi hisoblanadi.[7]

Ilmiy ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Marat Ibragimov, Rustam Ibragimov, Johan Walden. Heavy-Tailed Distributions and Robustness in Economics and Finance. Cham: Springer, 2015. ISBN 978-3-319-16877-7. Marat Ibragimov, Rustam Ibragimov, Johan Walden. Heavy-Tailed Distributions and Robustness in Economics and Finance. Cham: Springer, 2015. ISBN 978-3-319-16877-7. 
  • Rustam Ibragimov, Artem Prokhorov. Heavy Tails and Copulas: Topics in Dependence Modelling in Economics and Finance. Singapore: World Scientific, 2017. ISBN 978-981-4689-79-3. 
  • Iosif Pinelis, Victor H. de la Peña, Rustam Ibragimov, Adam Osȩkowski, Irina Shevtsova. Inequalities and Extremal Problems in Probability and Statistics. Selected Topics. London: Academic Press, 2017. ISBN 978-0128098189. 

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]