Rusofonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rus tili tarqalgan mamlakatlar

Rusofonlar yoki Rusiyzabonlar, Rus tillilar (ruscha: Русофоны / Русскоязычные / Русскоговорящие) — rus tilini biladigan insonlar. Ushbu termin bilan nafaqat ona tili rus tili boʻlgan insonlar, balki ushbu tilni biladigan, lekin ona tili boshqa til boʻlgan insonlar ham nazarda tutiladi.

Rus tili sharqiy slavyan tillari oilasiga mansub va slavyan tillari orasida eng keng taqralgan til hisoblanadi. Butun dunyoda rus tilida 260 million kishi soʻzlasha oladi. Shulardan, 166 million kishi uchin ushbu til ona tili, 110 million kishi uchun esa ikkinchi tildir. Rossiyada ushbu tilda 137 million kishi soʻzlasha oladi va shulardan 118 million kishi uchun bu ona tili hisoblanadi.

Dunyodagi eng katta rusiyzabon mamlakat va rus tilining vatani — Rossiya Federatsiyasidir. Rossiya atrofidagi mamlakatlarda, xususan sobiq SSSR tarkibida boʻlgan barcha mamlakatlarda rusiyzabonlar mavjud. Rus tili nafaqat Rossiyada davlat va rasmiy til maqomiga ega. Belarus, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Abxaziya, Janubiy Osetiya va Dnestroldida rus tili ikkinchi davlat tili yoki rasmiy til maqomiga ega. Ukraina, Moldova, Latviya va Estoniya aholisining qariyb yarmi rusiyzabonlardir. Tojikistonda rus tili rasman millatlararo soʻzlashuv tili deb tan olingan. Oʻzbekistonda rus tili de-fakto rasmiy tillardan biri (oʻzbek tili bilan) va aholining katta qismi ushbu tilda soʻzlasha oladi. Turkmaniston, Ozarbayjon, Armaniston, Gurjiston va Litvada rus tili hech qanday maqomga ega boʻlmasada, ushbu mamlakatlar aholisining yetarli qismi ushbu tilda soʻzlasha oladi. Isroilda rus tili mamlakatda ivrit, arab tili va ingliz tilidan soʻng toʻrtinchi muhim til hisoblanadi. Rusiyzabonlar shuningdek AQSh va Kanadaning baʼzi nuqtalarida, Moʻgʻuliston, Xitoy, Olmoniya va boshqa mamlakatlarda mavjud.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]