Kontent qismiga oʻtish

Ruslana

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ruslana
Tavalludi Ruslana Stepanivna Lyzhychko
24-may 1973-yil
Janrlar [1][2]
Kasbi
  • xonanda
  • qoʻshiqnavis
  • prodyuser
  • kompozitor
  • faol
  • siyosatchi
  • raqqos
Faoliyat yillari 1996–yildan hozirgacha
Leybllar
Fuqaroligi SSSR va Ukraina
Turmush oʻrtogʻi
Oleksandr Ksenofontov (turm. 1995)
Veb-sayt ruslana.ua

Ruslana Stepanivna Lyzhychko (ukraincha: Ruslana Stepanіvna Lijichko; 1973-yil 24-mayda tugʻilgan) — shunchaki Ruslana nomi bilan tanilgan ukrainalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, produser, jamoat faoli va sobiq siyosatchi[3]. U World Music Award va Eurovision qoʻshiq tanlovi 2004 gʻolibi hamda Ukraina xalq artisti unvoni sohibasidir[4][5]. U, shuningdek, „Bizning Ukraina“ partiyasidan Ukraina parlamenti deputati sifatida faoliyat yuritgan sobiq parlament aʼzosidir[6]. Ruslana 2004–2005-yillarda UNICEFning Ukrainadagi ezgu niyat elchisi boʻlgan[7]. U xalqaro miqyosda Ukrainaning eng muvaffaqiyatli yakkaxon ayol xonandasi sifatida tan olingan hamda Forbes jurnali talqiniga koʻra 2013-yilning eng nufuzli 10 nafar ayoli roʻyxatiga kiritilgan[8][9][10]. 2014-yil mart oyida AQSh Davlat kotibi uni Xalqaro jasoratli ayollar mukofoti bilan taqdirlagan[11]. U oʻzi tugʻilib oʻsgan Lviv shahrining faxriy fuqarosi deb eʼlon qilingan hamda Ukraina Qahramoni unvoniga nomzod qilib koʻrsatilgan[12][13].

Ruslana oʻz qoʻshiqlari hamda musiqiy kliplari uchun oʻzi matn yozadi, musiqa bastalaydi va prodyuserlik qiladi. U 1995-yil 28-dekabrdan buyon ukrainalik ovoz yozish prodyuseri Oleksandr Ksenofontov bilan turmush qurgan[14]. Ular 1993-yildan buyon radio hamda filmlar uchun treylerlar tayyorlovchi „Luxen Studio“ kompaniyasiga birgalikda rahbarlik qilib kelishadi[14].

Ruslana sobiq Sovet Ittifoqi davlatlari orasidan rasman „platina disk“ olgan ilk ijodkor hisoblanadi. Uning „Dyki tantsi“ albomi sotuvga chiqqandan boshlab dastlabki 100 kun ichida 170 1000 dan ortiq nusxada sotilgan[15]. Mazkur albom oʻzining inglizcha versiyasi bilan bir qatorda bugungi kungacha eng koʻp sotilgan ukrain albomi hisoblanadi. Uning Ukrainaning oʻzida 500 mingdan ortiq nusxasi sotilgan[16][17].

U 2004-yilda „Wild Dances“ qoʻshigʻi bilan Eurovision qoʻshiq tanlovida gʻolib chiqqan va 280 ball jamgʻargan. Bu koʻrsatkich oʻsha davr uchun rekord natija edi[18]. Gʻalabasidan soʻng u Yevropada shuhrat qozondi va qitʼaning sharqiy qismidan chiqqan eng mashhur pop yulduzlaridan biriga aylandi. Uning gʻoliblik keltirgan „Wild Dances“ qoʻshigʻi 97 hafta davomida Yevropa xit-paradlarida yetakchilik qildi va Belgiyada ketma-ket 10 hafta davomida birinchi oʻrinni egallab turdi[19]. Uning Eurovisionda gʻolib boʻlgan qoʻshigʻi tanlovning 60 yilligi munosabati bilan chiqarilgan „The Very Best of Eurovision“ nomli rasmiy jamlanma albomiga kiritilgan[20].

Xonandaning repertuari asosan ukrain va ingliz tillaridagi qoʻshiqlardan iborat boʻlsa-da, u ispan hamda lotin tillarida ham kaver versiyalarni yozgan.

Ruslana Stepanivna Lyzhychko 1973-yil 24-mayda Sovet Ittifoqi tarkibidagi Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasining Lviv shahrida tugʻilgan. Uning otasi Stepan Lyzhychko — ukrain-hutsul, onasi Nina Sapegina esa kelib chiqishi polyak-litvalik boʻlgan rus millatiga mansub[21][22]. Onasi Ninaning undovi bilan Ruslana toʻrt yoshidan boshlab eksperimental musiqa maktabida tahsil olgan hamda turli guruhlar, jumladan, „Horizon“ vokal-instrumental ansambli, „Orion“ guruhi va „Usmishka“ (Smile) bolalar ansamblida qoʻshiq kuylagan. Ruslana „Usmishka“ ansambli tarkibida 1989-yilda „Druzhba“ stadionida boʻlib oʻtgan yirik konsertda qatnashgan. Ukraina SSSR xalq artisti Vasyl Zinkevych mazkur konsertning asosiy ijrochilaridan biri boʻlib, u Ruslananing iqtidoriga eʼtibor qaratgan. Konsert yakunida Zinkevych uni sahnaga taklif qilgan va 15 ming tomoshabin qarshisida shunday degan: „Ushbu yosh xonandani, yurtdoshingizni eslab qoling. Koʻrasiz: u albatta haqiqiy yulduzga aylanadi“[23]. Stepan va Nina 1991-yilda ajrashishgan[24]. Oʻrta maktabni tamomlagach, Ruslana Lviv konservatoriyasiga oʻqishga kirgan va 1995-yilda ushbu dargohni klassik fortepiano hamda simfonik orkestr dirijyori mutaxassisligi boʻyicha bitirgan[25].

Musiqiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ruslana oʻz faoliyatini 1996-yilda Belarusning Vitebsk shahrida boʻlib oʻtgan „Slavianski Bazaar“ qoʻshiq tanlovida „Oj, letili dyki husi“ taronasi bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritishdan boshlagan[25]. Shu yilning oʻzida u „Ukrainaning yil qoʻshiqchisi“ mukofoti nominantlari qatoridan joy oldi, uning „Dzvinkyi Viter“ („Shamol qoʻngʻiroqlari“) taronasiga ishlangan klipi esa „Yil musiqiy videosi“ nominatsiyasida gʻolib deb topildi. Faoliyatining ilk yillaridanoq Ruslanaga Oleksandr Ksenofontov produserlik qilgan boʻlib, xonanda u bilan 1995-yilda turmush qurgan[26].

1997-yilda Ruslana butun Ukraina miqyosidagi birinchi L’viv Rojdestvo televizion loyihasi boʻlgan „Christmas with Ruslana“ ustida ishlashni boshlagan. Mazkur loyihaga kiritilgan „Ballad of a Princess“ musiqiy video tasviri ukrainalik xonanda tomonidan yaratilgan ilk animatsion klip hisoblanadi. Uning 1998-yilda chiqarilgan birinchi albomi Myt Vesny — Dzvinkyi Viter („Bahor lahzasi — Shamol qoʻngʻiroqlari“) tanqidchilar tomonidan yuqori baholangan.

Shunday boʻlsa-da, xonandaga kengroq eʼtirof 1998-yilda ijro etilgan „Svitanok“ („Tong“) taronasi hamda „Mytʼ Vesny — Dzvinkyj Viter Live“ albomi orqali kelgan. „Svitanok“ Ukrainadagi birinchi yirik budjetli musiqiy video klip boʻlgan. 1998-yilda Ruslana „Yil odami“ mukofotiga loyiq koʻrilgan, „Svitanok“ taronasi „Yil qoʻshigʻi“, unga ishlangan klip esa „Yil musiqiy videosi“ nominatsiyasida gʻolib deb topilgan. 1998-yilning ikkinchi yarmida u Gʻarbiy Ukrainadagi qadimiy qalʼalarni qayta tiklash uchun mablagʻ yigʻishni maqsad qilgan xayriya turini tashkil etgan. Bu safar muvaffaqiyatli oʻtdi va Ruslananing saʼy-harakatlari tufayli Zolochiv qal’asi qayta tiklandi[27].

1999-yilda u „Ostanne rizdvo 90th“ („90-yillarning soʻnggi Rojdestvosi“) nomli Rojdestvo musiqiy filmi ustida ishlagan boʻlib, ushbu loyiha „Ukrainaning yil filmi“ mukofotiga sazovor boʻlgan. Ukraina Karpat togʻlarida istiqomat qiluvchi qadimiy guchul xalqi hayotiga bagʻishlangan „Znaju ya“ („Men bilaman“) taronasining video klipi orqali Ruslana zamonaviy klipmeykerlik sanʼatida yangi standartlarni joriy etgan.

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ukrain tilidagi studiya albomlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1998: Rizdvo z Ruslanoju (Christmas With Ruslana)
  • 1999: Ostannje Rizdvo 90-h (Last Christmas of the 90’s)
  • 2002: Rizdvjani Legendy (Christmas Legends)
  • 2003: Na Rizdvo do L’vivs’kogo (Christmas with L’vivians)
  • 2008: Wild Energy. Amazon. Wild Dances

Mukofotlari va nominatsiyalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Mukofot topshiruvchi Mukofot Natija
1996 Slavianski Bazaar (Belorussiya) 1-oʻrin
"Oj, letily dyki gusy"
Gʻolib
1999 "1999-yilning Ukrainadagi Yil odami" unvoni. Yil odami Gʻolib
Yilning eng yaxshi qoʻshigʻi
"Svitanok"
Gʻolib
Yilning eng yaxshi video klipi
"Svitanok"
Gʻolib
2004 Eurovision qo‘shiq tanlovi 1-oʻrin
"Yovvoyi raqslar"
Gʻolib
Marcel Bezençon mukofotlari Badiiy mukofot
"Yovvoyi raqslar"
Gʻolib
Jahon musiqa mukofotlari (Las Vegas, AQSh) Eng koʻp sotilgan ukrainalik ijrochi
"Yovvoyi raqslar"
Gʻolib
"MAD TV Video Music mukofotlari" (Gretsiya) Eng yaxshi xalqaro video
"Yovvoyi raqslar"
Gʻolib
Arion Music mukofotlari (Gretsiya) Eng koʻp sotilgan xalqaro singl
"Yovvoyi raqslar"
Gʻolib
2005 Ruminiyada eng sevimli ijrochilar mukofotlari Eng sevimli xalqaro qoʻshiqchi Gʻolib
"The Best 13" mukofot tanlovi (Makedoniya) Yevropaning eng yaxshi qoʻshiqchisi Gʻolib
2006 Die Grand Prix Hitliste (Germaniya) Eurovisionning eng yaxshi qoʻshigʻi
"Yovvoyi raqslar"
Gʻolib
2009 Asia Song Festival Maxsus mukofot Gʻolib
Eng yaxshi qoʻshiqchi Gʻolib
2010 2010-yilning Yil odami (Ukraina) Eng yaxshi yakkaxon qoʻshiqchi Gʻolib
2011 Jahon iqtisodiy forumi Yosh global yetakchilar mukofoti[28] Gʻolib
2013 Xorlar jangi televizion musiqiy tanlovi 1-oʻrin Gʻolib
Forbes Rossiya 2013-yil ayoli Gʻolib
2014 Ukraina Intellektual Jamiyati "Vasyl Stus" mukofoti[29] Gʻolib
AQSh Davlat kotibi Jasoratli ayol mukofoti[11] Gʻolib
Atlantika Kengashi Liderlik mukofoti[30] Gʻolib
Xalqaro Respublika instituti Ozodlik mukofoti[31] Gʻolib
Yevropa Parlamenti Sakharov mukofoti[32][33] Nominatsiya
Lech Wałęsa Lech Wałęsa mukofoti[34] Gʻolib
Vashingtondagi Oxi Day Foundation Crete jangi mukofoti[35] Gʻolib
2015 Lev Kopelev forumi "Lev Kopelev" Tinchlik va inson huquqlari mukofoti[36][37] Gʻolib
  1. Umka.com Ruslana. Dyki Tanci. (Wild dances) (Wayback Machine saytida 1 December 2008 sanasida arxivlangan)
  2. Ruslana (2004) new album ‘Wild energy' (Wayback Machine saytida 13 March 2009 sanasida arxivlangan)
  3. Ruslana — Biografiya (Wayback Machine saytida 5 May 2008 sanasida arxivlangan)
  4. eurovision.tv. Results of the Eurovision Song Contest 2004 (Wayback Machine saytida 31 December 2010 sanasida arxivlangan)
  5. „Ukrainian singer wins the Eurovision Song Contest“. Welcome to Ukraine (2004-yil 3-iyun). 2018-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-yanvar.
  6. „Ruslana is ready to take her seat in the Parliament“. for-ua.com (2006-yil 29-mart). 2013-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-yanvar.
  7. „Ukrainian Eurovision winner Ruslana to back OSCE anti-trafficking campaign“. OSCE (2013-yil 14-iyun). 2022-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 14-iyun.
  8. „Ruslana among winners at World Music Awards in Las Vegas“. UkrWeekly (2004-yil 14-dekabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2004-yil 14-dekabr.
  9. „Welcome the Ukrainian Madonna“. NowToronto (2008-yil 14-noyabr). 2014-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-avgust.
  10. „Forbes: Most successful women of 2013“. Forbes (2014-yil 1-yanvar). 2022-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-yanvar.
  11. 1 2 „Ruslana — Woman of Courage, International Pop Star, Former Ukraine Parliament Member and EuroMaidan Protest Leader — to Discuss Current Crisis at National Press Club“. Yahoo News. 2014-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-mart.
  12. „Lviv singer Ruslana became an honorary citizen of the city“. kp.ua. 2014-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-may.
  13. „Lviv MP wants to name Ruslana Hero of Ukraine“. zik.ua. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-aprel.
  14. 1 2 „Ruslana's husband speaks out“. Esctoday.com (2004-yil 24-may). 2013-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-iyun.
  15. „Ruslana "Dyki Tantsi" 2003“. for-ua.com (2003-yil 3-oktyabr). 2013-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-yanvar.
  16. „Ruslana, International pop star, Eurovision winner returns to USA with concert“. prlog.org (2010-yil 20-avgust). 2022-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-iyun.
  17. „60th Most Influential Person in Ukraine in 2005“. Korrespondent (2006-yil 10-yanvar). 2016-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 10-yanvar.
  18. „Ukraine's Ruslana wins Eurovision Song Contest“. The Moscow Times (2004-yil 17-may). 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2004-yil 17-may.
  19. „Ruslana: My first victory after Eurovision...“. ESCToday (2004-yil 14-iyul). 2020-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2004-yil 14-iyul.
  20. „Very Best of Eurovision Song Contest — A 60th Anniversary (CD / Digital Download Available NOW)“. SBS.au (2015-yil 1-may). 2015-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-may.
  21. Слава Дьомін (2024-12-16), РУСЛАНА: зірвана вагітність, заява на розлучення, сором через політичну карʼєру, заробітки, чоловік, qaraldi: 2024-12-26
  22. „Руслана Лыжичко пошла в бабушку“. Gazeta.ua (2006-yil 2-noyabr). 2011-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  23. Mishchenko, Maksym „Василь Зінкевич: "Я гордий, що у мене така творча донька" – "Високий замок", 19 травня“ (uk). Lviv Portal (2004-yil 20-may). 2021-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-oktyabr.
  24. Слава Дьомін (2024-12-16), РУСЛАНА: зірвана вагітність, заява на розлучення, сором через політичну карʼєру, заробітки, чоловік, qaraldi: 2024-12-26
  25. 1 2 „Biography on Ruslana's official website“. 2010-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-dekabr.
  26. „Знаменитості України Лижичко Руслана Степанівна“. ukrfoto.net. 2012-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-dekabr.
  27. „Who will Save Ukrainian Castles?“. 2014-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-yanvar.
  28. YGL Honorees 2011 (Wayback Machine saytida 9 August 2017 sanasida arxivlangan) (pdf), via WEForum.com
  29. „Presentation of the Vasyl Stus Prize“. UNIAN. 2023-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-yanvar.
  30. „Ukrainian Singer Ruslana Moves a Washington Crowd“. Atlantic Council (2014-yil may). 2014-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-may.
  31. „"People's Artist of Ukraine": A Conversation with Ruslana Lyzhychko“. CSIS. 2014-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-sentyabr.
  32. „Euromaidan nominated for 2014 Sakharov Prize“. New Europe. 2014-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-sentyabr.
  33. „Lithuanian MEPs propose Sakharov Prize for Ukrainian singer Ruslana“. 2014-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-sentyabr.
  34. „Евромайдану присудили премию Леха Валенсы“. lb.ua (2014-yil 25-sentyabr). 2014-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-sentyabr.
  35. „Руслана Лыжичко получит премию Battle of Crete Award“. bigmir.net (2014-yil 18-oktyabr). 2014-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-oktyabr.
  36. „Kopelew-Preis an russische und ukrainische Zivilgesellschaft“. die-glocke.de. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-mart.
  37. „Ukraine conflict colors 2015 Lev Kopelev Prize“. Deutsche Welle. 2015-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-aprel.