Vladimir Rusinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rusinov Vladimir Alekseyevichdan yoʻnaltirildi)
Vladimir Rusinov
Tavalludi 12-fevral 1925-yil
Vafoti 13-aprel 2006-yil(2006-04-13)
(81 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari

Vladimir Alekseyevich Rusinov (1925.12.2, Rostov viloyati) — aktyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1985). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1950). 195061 va 1963-yildan Oʻzbekiston rus akademik drama teatrida. 1961—63 yillar Polsha teatrida ishlagan. R. keng diapazonli aktyor boʻlib, bu narsa unga komediyami, dramadami yoki fojiada rollarni ishonch bilan oʻynashiga keng yoʻl ochib berdi. Andrey ("Xayrli soatda"), Yakov, Alyosha, Aktyor ("Soʻnggilar", "Tubanliqsa"), Gerostrat ("Nomi oʻchsin"), shoh Fyodor ("Shoh Fyodor Ioannovich"), Gayev, Sorin ("Olchazor", "Chayka"), Qoʻziyev ("Shohi soʻzana"), Rikkardo ("Filumena Morturano"), Maxmud ("Katta sevgi"), Choʻpon, Mulladoʻst ("Maysaraning ishi"), Saidxon ("Qonli sarob"), Jadov ("Serdaromad joy"), Kontrolyor ("Oʻldir meni, jonginam!") kabi rollari ijodida alohida oʻrin tutadi. "Elyurt hurmati" ordeni (1998), "Shuhrat" medali (1995) bilan mukofotlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil