Rushdiy Muhammad Siddiq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rushdiy Muhammad Siddiq (17-asr, Qoʻqon) — shoir va yozuvchi. Umrining oxirgi yillarini Qashqarda oʻtkazgan. R.ning bizga qadar ixchamgina axloqiytaʼlimiy mazmundagi dostoni hamda katta hajmdagi "Tazkirat ulavliyoi turkiy" asari yetib kelgan. "Tazkirat ulavliyoi turkiy"da Mansur Xalloj, Boyazid Bistomiy, Robiya Adaviya, Abu Turob Naxshabiy, AtTermiziy, Junaid Bagʻdodiy, Ibrohim Adham singari Sharqning 88 mashoyixi haqida maʼlumot beriladi. R. bu asarini yozishda arab va fors tillaridagi 14 manbadan, shuningdek, xalq ogʻzaki ijodi durdonalaridan foydalangan. Kitob turkiy tilda yozilgan, avliyolar — sufizm taʼlimoti daholari haqida eng mukammal maʼlumot beradigan yagona tazkiradir. Tazkiraning birdanbir nusxasi Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika universitetining qoʻlyozmalar fondida saqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil