Rula Gʻani
Rula Gʻani | |
|
| |
|
Mansab davri 2014-yil 29-sentyabr – 2021-yil 15-avgust | |
| Prezident | Ashraf Gʻani |
| Oʻtmishdoshi | Zinat Karzay |
| Keyingisi | Nomaʼlum |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
1948-yil Bayrut, Livan |
| Fuqaroligi |
|
| Siyosiy partiyasi | partiyasiz |
| Bolalari |
Mariam Gʻani Toriq |
| Taʼlim |
Parij Siyosiy tadqiqotlar instituti Bayrut Amerika universiteti Columbia universiteti |
| Dini | Nasroniylik |
Rula Gʻani (qizlik familiyasi Saade, 1948-yil, Bayrut, Livan) — Afgʻoniston islom respublikasining ikkinchi prezidenti Ashraf Gʻanining rafiqasi.
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rula Gʻani 1948-yilda Livanning Bayrut shahrida nasroniylardan boʻlgan maronitlar oilasida tugʻilib oʻsgan. 1969-yilda Parijdagi Siyosiy tadqiqotlar institutini tamomlagan[1]. 1974-yilda Bayrut Amerika universitetida siyosiy tadqiqotlar yoʻnalishida magistrlik darajasini olib, oʻsha yerda boʻlajak turmush oʻrtogʻi Ashraf Gʻani bilan uchrashgan[2]. 1975-yilda ular turmush qurishgan, er-xotinning ikki farzandi bor, bular Bruklinda rassom boʻlib ishlaydigan Mariam Gʻani[3] va oʻgʻli Toriq. Ikkala bolasi ham Amerika Qoʻshma Shtatlarida tugʻilgan va AQSh fuqaroligiga ega. 1983-yilda Rula Gʻani Nyu-Yorkdagi Columbia universitetida jurnalistika yoʻnalishida magistrlik darajasini olgan. 2003-yilda Rula Gʻani Afgʻonistonga qaytib kelgan[4]. 2015-yilda AQShning Time jurnali Rulani dunyoning eng nufuzli 100 kishisi roʻyxatiga kiritgan[5][6][7]. Rula Gʻani Afgʻoniston, Livan va AQSh fuqaroligiga ega. Ingliz, fransuz, arab va dariy tillarida erkin soʻzlasha oladi[5][8].
2014-yilda Ashraf Gʻani prezidentlik lavozimiga kirishish marosimida rafiqasini afgʻoncha „Bibi Gul“ deb atab[2], omma oldida quyidagicha minnatdorchilik bildirgan: „Men rafiqam Bibi Gulga meni va Afgʻonistonni qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman[9][10]. U doim afgʻon ayollarini qoʻllab-quvvatlagan va bundan keyin ham buni davom ettirishiga umid qilaman“[9][10]. Mamlakatning birinchi xonimi boʻlganidan keyin ayollarning huquqlarini himoya qilib kelgan[11]. 2021-yil 15-avgustda eri, farzandlari va ikki nafar yordamchilari bilan birgalikda Tolibon Kobulni egallayotgan paytda mamlakatdan qochib ketgan, qochganlaridan bir necha soat oʻtib, Tolibon prezidentning „Arg“ saroyini egallashgan[12][13]. 2021-yil 18-avgustda BAA hukumati Gʻanilar oilasi ularning mamlakatida qoʻnim topganini eʼlon qilgan[14].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Rula Ghani, the woman making waves as Afghanistan’s new first lady | World news | The Guardian“. 2026-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 22-mart.
- 1 2 „The Daily Telegraph: Ashraf Ghani inaugurated: Is Afghanistan ready for a high-profile first lady?“. 2026-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 22-mart.
- ↑ „Jolting Some, Afghan Leader Brings Wife Into the Picture — The New York Times“. 2026-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 22-mart.
- ↑ OʻDonnell, Lynne. „AP Interview: Afghanistan's first lady breaks taboos but insists she 'doesn't do politics'“. Associated Press. 2026-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 22-mart.
- 1 2 „Rula Ghani, the woman making waves as Afghanistan’s new first lady“. The Guardian. 2026-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 22-mart.
- ↑ Al Arabiya: Afghan first lady in shadow of 1920s queen? Wayback Machinedagi asl nusxadan arxivlangan arxiv nusxasi. (22-mart 2026-yil)
- ↑ Hosseini, Khaled. „Time 100 Leaders: Rula Ghani“. Time (magazine). 2026-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 22-mart.
- ↑ „Al Arabiya: Afghanistan’s next first lady, a Christian Lebanese-American?“. 2026-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 22-mart.
- 1 2 „Wall Street Journal: Ghani Sworn In as Afghan President“. 2026-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 22-mart.
- 1 2 Foreign Policy: The real first ladies of Afghanistan Wayback Machinedagi asl nusxadan arxivlangan arxiv nusxasi. (22-mart 2026-yil)
- ↑ Magazine, BRIGHT „Rula Ghani, A New Kind Of First Lady, Believes Afghanistan Deserves New Stories“. Medium (2018-yil 20-avgust). 2025-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 22-mart.
- ↑ „President Ashraf Ghani flees Afghanistan as Taliban enters Kabul“ (inglizcha). South China Morning Post. Reuters (2021-yil 15-avgust). Qaraldi: 2026-yil 22-mart.
- ↑ „Afghan government collapses as Ghani flees the country“ (inglizcha). Seattle Times. New York Times (2021-yil 15-avgust). Qaraldi: 2026-yil 22-mart.
- ↑ „Taliban violently disperse rare protest, killing 1 person“. Associated Press (2021-yil 18-avgust). Qaraldi: 2026-yil 22-mart.
