Ruhulloh Xumayniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ruhullo Humayniydan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Ruhulloh Xumayniy
forscha: روح‌الله خمینی
عکسی از خمینی.JPG
Flag of Iran.svg
 1-Eron Oliy Rahbari
Mansabda
1979-yil 3-dekabr — 1989-yil 3-iyun

Ruhulloh Musaviy Xumayniy (forscha: روح‌الله موسوی خمینی; 1900, boshqa maʼlumotlarga koʻra 1898 yoki 1903—1989) — din va davlat arbobi. Eronning Aroq shahri yaqinidagi Xumayn qishlogʻida ruhoniy oilada tugʻilgan. Avval Aroqda, keyin Qum shahrida oʻqigan, oʻsha yerda madrasada dars bergan. 50-yillar oxirida oyatulloh deb atala boshlagan. Eronda shoh hokimiyaiga qarshi kurash olib borgani uchun shoh jandarmeriyasi tomonidan 1963 yilda qamalgan, 1964 yilda Turkiyaga badargʻa qilingan. 1965 yilda Iroqqa borib, shialikning muqaddas markazi hisoblangan Najafda madrasada dars bergan. Shoh hukumatining talabi bilan 1978 yilda X. Iroqdan ham badargʻa qilingan. Quvayt hukumati unga mamlakatga kelishga ijozat bermagandan keyin, Parijda joylashgan. U yerdan turib, shoh hokimiyatiga qarshi kurashni va Eronda boshlangan inqilobiy harakatga yoʻllanma berishni davom ettirgan. Shoh hokimiyati agʻdarilgandan soʻng 1979 yil fevralda Eronga qaytib kelgan. Eron Islom Respublikasi tashkil etilgandan keyin X. rasman davlat rahbari (viloyati faqih) deb konstitutsiyada eʼtirof etilgan. Diniy rahnamo sifatida u "mar-jai taqlid" hisoblanib, imom deb yuritilgan.