Kontent qismiga oʻtish

Ruhnoma

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ruhnoma

500 manat qiymatidagi tanganing orqa tomonidagi „Ruhnoma“ kitobi tasviri
Muallif(lar) Saparmurod Niyozov
Mamlakat Turkmaniston
Til Turkman tili
Janr(lar)i Utopiya
Nashr etilgan sanasi 12.09.2001
Nashriyot Turkman davlat nashriyoti

Ruhnoma (turkmancha: Ruhnama, soʻzma-soʻz tarjimasi: „Ruh kitobi“) – Turkmanistonning birinchi prezidenti Saparmurod Turkmanboshi (Niyozov) tomonidan 1997-yildan 2004-yilgacha turkman tilida yozilgan ikki jildli kitob[1].

Kitob Turkmaniston davlatining kelajakdagi muvaffaqiyati haqida boʻlib, Saljuqiylar imperiyasi milliy davlatchiligi, yabgu oʻgʻuz davlatining zamonaviy versiyasi boʻlgan Turkmaniston, turkmanlar tomonidan tashkil etilgan boshqa koʻplab davlatlar misollar bilan tasvirlangan. Kitob turkmanlar tarixi, turkman dini, turkman madaniyati va boshqalarning batafsil muhokamasidan iborat boʻlib, turkman davlat targʻiboti vositasi boʻlib xizmat qilishi kerak edi[2][3].

Kitob Niyozov shaxsiga sigʻinish uchun muhim mafkuraviy asos boʻlgan. Kitob beshta boʻlimdan iborat: avtobiografiya, falsafiy-axloqiy tushunchalar, turkmanlar tarixiga oid tezislar, zamonaviy Turkmanistonda kundalik hayotning tashkil etilishiga oid eslatmalar va Turkmaniston aholisi uchun istiqboldagi rejalar[4]. Kitobda Niyozov shaxsi ulugʻlanadi va qisman uydirma daʼvolarga asoslangan turkman millatchiligini uqtiradi. Ming yillar avval Turkmaniston dunyodagi eng rivojlangan davlat boʻlganligi, g‘ildirak Turkmanistonda ixtiro qilingani va turkman olimlari Yevropadagi texnologik-madaniy taraqqiyot sababchisi ekanligi taʼkidlanadi[5].

  1. Nicolosi, Riccardo „Saparmyrat Niyazov's Ruhnama: The Invention of Turkmenistan“, . Tyrants Writing Poetry. Central European University Press, 2017. ISBN 978-963-386-202-5. 
  2. Kalder, Daniel. „A dictator's guide to the universe“. The Guardian (2006-yil 29-dekabr).
  3. Bouma, Amieke (2011). "Turkmenistan: Epics in Place of Historiography". Jahrbücher für Geschichte Osteuropas 59 (4): 559–585. doi:10.25162/jgo-2011-0023. 
  4. „The personality cult of Turkmenbashi“.
  5. „Closing The Book On Turkmenbashi's 'Rukhnama'“.