Ruh al-Maoniy
Ruh al-Maoniy (arabcha: روح المعاني في تفسير القرآن العظيم والسبع المثاني) – Qur’oni Karimning 30 jildlik tafsiri. 19-asrda yashagan iroqlik islom olimi Mahmud al-Olusiy tomonidan yozilgan.
Keyingi asrlarda oʻtgan olimlarning mulohazalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alloma Anvar Shoh Kashmiriy (r.a) ning sevimli shogirdi Yusuf Banuriy oʻzining „Yatimatu-l-Bayon“ asarining muqaddima (Mushkilotu-l-Qur’onning soʻzboshida) shunday yozgan:
Uchinchisi – "Ruh al-Maoniy" tafsiri, mening fikrimcha, Qur’onning Fath ul-Boriy uslubidagi tafsirdir. Fath al-Boriy – Sahih al-Buxoriy hadislarining insonlarga tushunarli holda yozilgan sharhi boʻlib, ummat oldidagi qarzini toʻlagan. Lekin Allohning kalomi har bir inson oʻz haq-huquqini bilishi uchun undan ham yuksak va ulugʻroqdir.
Muftiy Taqiy Usmoniy (BB) oʻzining „Ulumu-l-Qur’on“ (Qur’on ilmlariga yondashuv) asarida shunday yozgan:
Bu eng soʻnggi davrning nashri boʻlgani uchun u avvalgi tafsirlarning muhim muhokamalarni yigʻishga harakat qildi. Shuning uchun til, gramatika, adabiyot, ritorika, fiqh, aqoid, etimologiya, geofizika, astronomiya, falsafa, tasavvuf va tegishli hikoyalar boʻyicha keng muhokamalar oʻtkazildi. Hech bir ilmiy va adabiy muammolar javobsiz qolmasligi uchun harakat qilindi. Alloma Olusiy (r.a)rivoyat qilishda ham boshqa mufassirlardan koʻra ehtiyotkorroq boʻlgan. Bu borada uni avvalgi tafsirlarning birlamchi manbayi deb atash mumkin va Qur’on tafsiriga oid hech qanday ish bu asarning yordamisiz amalga oshirilmaydi.
Nashrlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]15-jilddan 1-30, Muharrirlar: Muhammad al-Amad va Omar as-Salamiy, Kirish: al-Tohur ibn Ashur, Nashriyot: Dar Ihia al-Turath al-Arabi-Lebanon[1].