Ruboiylar. Umar Xayyom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ruboiylar. Umar Xayyom
Asl nomi Ruboiylar. Umar Xayyom
Mamlakat O'zbekiston Toshkent
Til fors oʻzbek rus ingliz
Janr(lar)i ruboiy
Nashr etilgan sanasi 1997
Nashriyot “Sharq” nashriyot-matbaa kontserni
Sahifalar soni 128 bet

Ruboiylar – mazkur kitobda keltirilgan ruboiylar oʻrta asrning buyuk riyoziyotchi, faylasuf va munajjim olimi, XIX-XX asrdan boshlab jahon she’riyati klassiklari qatorida sharafli oʻrin egallagan, hozir ham she’riyat osmonining yorqin yulduzlaridan biri boʻlmish buyuk siymo Umar Xayyom qalamiga mansubdir.

U oʻz ruboiylarida ham ilmiy-falsafiy kitoblarida boʻlganidek olam sirlari, hayot haqiqatini izlaydi, bu boradagi fikru oʻylarini ajoyib she’riy obrazlarga o’rab, moʻjizakor tortliklarda ifodalab beradi.

Mazkur kitobda ruboiylar toʻrt tilda (fors, oʻzbek, rus va ingliz tillarida) berilgan.

Tarjima mualliflari:

oʻzbek tili – Shoislom Shomuhamedov

rus tili – Nikolay Strijkov va Alisher Shomuhamedov

ingliz tili – Edvard Fitzjerald  

Mazkur kitobdan fors, oʻzbek, rus va ingliz tillaridagi adabiyot muxlislari foydalanishi mumkin.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ruboiylar. Umar Xayyom. Tuzuvchi Shoislom Shomuhamedov,“Sharq” nashriyot-matbaa kontserni, 1997, 128 bet