Royalti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Royyaltidan yoʻnaltirildi)

Royalti, royalti (ing. royalty — qirol imtiyozlari) — 1) litsenziya boʻyicha tovarlar, ixtirolar, patentlar, nouxau, filmlar prokati va boshqalardan foydalanish huquqi uchun olingan foydadan davriy ajratmalar shaklidagi litsenziya mukofoti; 2)yer osti boyliklarini qidirish va qazib olish

huquqi uchun ijara haqi. ROYAL (frans. royal — qirol) — torli urma klavishli musiqa cholgʻu asbobi, fortepiano turi. R. torlari, deka (rezonans taxtasi) va mexanikasi gorizontal joylashgan, torlarining uzunqisqaligiga koʻra, moslangan kanotsimon korpusi 3 ta oyoqqa oʻrnatilgan. Kattakichikligiga koʻra, minʼon (uz. 1,5 m gacha), kabinet (1,6—1,8 m), salon (2 m atrofida) va konsert (3 m gacha) turlari bor. Diapazoni 7 yoki 7’/4 (salon va konsert R.larda) oktava. Diapazon va dinamik imkoniyatlar kengligi, tovushlar tembri rang-barangligi, garmoniya va polifoniya vositalarining boyligi tufayli R. Yevropa musiqa madaniyatida mukammal musiqa cholgʻu asbobi sifatida asosiy oʻrin tutadi (18-asr oxiridan). R. ishlab chiqaradigan eng mashhur firmalar: "Blyutner", "Bexshteyn", "Avgust Fyorster" (Germaniya), "Pleyel" (Fransiya), "Stenvey" (AQSH), "Petrov" (Chexiya) va boshqa Oʻzbekistonda R. 19-asrning 2-yarmidan paydo boʻlgan. Oʻsha davr mahalliy ziyolilari (Furqat va boshqalar) R.ning boy ijro va ifoda imkoniyatlarini olqishlagan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil