Rous

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rous (Rous), Raus Frensis Peyton (1879.5.10, Baltimor — 1970.16.2, NyuYork) — amerikalik patolog va onkolog . AQSH Milliy FA aʼzosi. Jons Xopkins universiteti tibbiyot maktabini tugatgan. 1909 yildan Nyu-Yorkdagi tibbiy tadqiqot institutida ishlagan, 1945 yildan shu intning faxriy aʼzosi. U tovuqlarda sarkoma paydo qiladigan onkogen viruslarni kashf etgan. Oʻsmalar etiologiyasi va patogenezida viruslar va kanserogen moddalar rolini tadqiq etgan. Nobel mukofoti laureati (1966).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil