Genri Roulinson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Roulinson Genri Kresvikdan yoʻnaltirildi)

Genri Kresvik Roulinson (1810.11.4, Chadlington, Oksford — 1895.5.3, London) — ingliz sharqshunosi va diplomati, ossuriyashunoslikning asoschilaridan biri. 1827—39 yillarda Britaniyaning Hindistondagi va keyinchalik Erondagi OstIndiya kompaniyasida zobit boʻlib xizmat qilgan. 1840—43 yillarda ingliz hukumatining Qandahor (Afgʻoniston)dagi maxsus vakili, soʻngra Bagʻdod, keyinchalik Tehronda konsul. Mesopotamiya (hozirgi Iroq)dagi qad. shahar harobalarida qazish ishlari olib borgan. 1878—81 yillarda Osiyo qirollik jamiyati, 1871—72 va 1874—75 yillarda Geografiya qirollik jamiyati prezidenta. Qad. fors va OssuriyaBobil mixxatlarini oʻqishga hissa qoʻshgan. Behistun kitobalariik oʻqigan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil