Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar idoralari o‘z xavfsizlik bo‘linmalari kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar idoralarilari oʻz xavfsizlik boʻlinmalari kuni — Rossiya ichki ishlar idoralarining ichki xavfsizlik boʻlinmalarida ishlaydigan xodimlari kasb bayramidir. Rossiyada har yili 18-dekabr kuni nishonlanadi. Dam oladigan kun hisoblanmaydi.

Tarixi va nishlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar idoralarilari oʻz xavfsizlik boʻlinmalari kuni" 2000-yil 28-sentabrda Rossiya Ichki ishlar vazirligining № 998-sonli buyrugʻiga muvofiq tashkil etilgan.

Bayram sanasi sifatida 18-dekabr tasodifan tanlanmagan. Aynan shu kuni, 1995-yilda, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 1995-yil 18-sentabrdagi № 954-sonli Farmonining 3-bandi hamda № 050-sonli Farmoniga muvofiq, Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi tarkibida Rossiya Ichki ishlar vazirligining oʻz xavfsizlik boshqarmasi tashkil etilgan[1].. Keyingi yilning fevral oyidan boshlab Rossiya Federatsiyasi subyektlarida, TIIB, IIB (IIB) hamda Xavfsizlik boshqarmasiga boʻysunadigan rejim ob’yektlarida oʻz xavfsizlik boʻlinmalarini shakllantirish boshlandi[2].

Turli yillarda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining OʻXB boshliqlari: Golitsin S.V. (1995-1998); Makarychev A.K. (1998-1999); Strelnikov A. A. (1999); Serebryakov V. V. (1999-2001); Romodanovskiy K.O. (2001-2005), Draguntsov Yu.V. (2006-yil mart oyidan beri)[3].

OʻzXBning rasmiy eʼlon qilingan asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: DIIB boʻlinmalari xodimlariga, ularning xizmat vazifasini bajarish bilan bogʻliq bolgan holda hayoti va sogʻligi uchun xavf tugʻilgan yaqinlariga davlat himoyasini tashkil etish, ichki ishlar organlariga noqonuniy maqsadlarni koʻzlagan shaxslarning ishga kirishi, ichki ishlar organlari ishchi-xodimlari tomonidan noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish, bunga olib boruvchi shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etishdir[4].

Tarixiy maʼlumot[tahrir | manbasini tahrirlash]

SSSRda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning shaxsiy tarkibi bilan ishlaydigan birinchi boʻlinmalar 1924- yil 28-fevralda tashkil etilgan. Shu munosabat bilan, OGPU (Davlat birlashgan siyosiy boshqarmasi)ning „OGPU yuridik boʻlimlarini isloh qilish va Kollegiyada maxsus komissar lavozimini tashkil etish toʻgʻrisida“gi buyrugʻi qabul qilingan[5].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]