Rosario

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rosario-de-Santa-Fedan yoʻnaltirildi)

Rosario, Rosario-de-Santa-Fe — Argentinadagi shahar, SantaFe provinsiyasida. Aholisi 906 ming kishi (2001). Transport yoʻllarining yirik tuguni. R.dan Panamerika shossesi oʻtgan. Parana daryosi boʻyidagi yirik port. Dengiz kemalari ham kira oladi. Chetga gʻalla, goʻsht, jun chiqariladi. Aeroport bor. Oziq-ovqat sanoatining yirik korxonalari, sement, gʻisht zdlari, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik va boshqa korxonalar ishlab turibdi. Milliy unt, kutubxona, tarix muzeyi, nafis sanʼat muzeyi bor. Shaharga 1730-yilda asos solingan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil