Kontent qismiga oʻtish

Rosalind Franklin

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Rosalind Franklin

1955-yil Rosalind mikroskop bilan
Tavalludi
Rosalind Elsie Franklin

25-iyul 1920-yil
Vafoti 16-aprel 1958-yil(1958-04-16)
(37 yoshda)
Chelsea, London, Angliya
Fuqaroligi United Kingdom of Great Britain and Ireland[1] va Birlashgan Qirollik
Taʼlimi Newnham Kolleji, Kembrij
Kembrij universiteti (PhD)
Kasbi

Fizik kimyo

Rentgen nurlarining difraksiyasi
Otasi Ellis Arthur Franklin[2]

Rosalind Elsie Franklin (1920-yil 25-iyul — 1958-yil 16-aprel)[3] — ingliz kimyogari va rentgen kristallografi. Uning ilmiy ishlari DNK (dezoksiribonuklein kislota), RNK (ribonuklein kislota), viruslar, ko‘mir va grafitning molekulyar tuzilishini tushunishda muhim ahamiyat kasb etgan[4].

Franklinning koʻmir va viruslar boʻyicha olib borgan tadqiqotlari eʼtirof etilgan boʻlsa-da, DNK tuzilishini aniqlashga qoʻshgan hissasi uning hayoti davomida asosan tan olinmagan. Shu sababli u turlicha nomlar bilan „haqsiz eʼtibordan chetda qolgan qahramon“[5], „DNKning qorongʻi xonimi“[6], „unutib qoʻyilgan qahramon“ [7], „feministik timsol“[8], hamda „molekulyar biologiyaning Sylvia Plath“ i[9] sifatida taʼriflangan.

James Watsonning fikricha, agar Franklin vafot etmaganida, u Kimyo boʻyicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan boʻlar edi.

Franklin 1941-yilda Kembrijdagi Newnham kollejida tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha tahsilni tamomlagan va keyinchalik Kembrij universitetidagi 1920-yil fizik-kimyo kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan Ronald George Wreyford Norrish rahbarligida fizik kimyo boʻyicha PhD dasturiga qabul qilingan. Norrishning yetarli darajada qiziqish bildirmaganidan hafsalasi pir boʻlganidan soʻng[10] u 1942-yilda Britaniya ko‘mirdan foydalanish tadqiqotlari assotsiatsiyasi (BCURA)da ilmiy tadqiqot lavozimini egallagan. Koʻmir boʻyicha olib borgan tadqiqotlari Franklinga 1945-yilda Kembrijdan PhD darajasini olish imkonini bergan[11].

1947-yilda u Parijga koʻchib oʻtib, Laboratoire Central des Services Chimiques de l'Étatda Jacques Mering rahbarligida chercheur (postdoktorant tadqiqotchi) sifatida faoliyat yuritgan va bu yerda yetuk rentgen kristallografi sifatida shakllandi. 1951-yilda London Qirollik kollejiga ilmiy xodim sifatida qoʻshilgach, Franklin DNKning ayrim muhim xususiyatlarini aniqladi, bu esa keyinchalik DNKning qo'sh spiral tuzilishini toʻgʻri tasvirlashga yordam bergan.[5] Direktor John Randall va hamkasbi Maurice Wilkins bilan kelishmovchiliklar tufayli Franklin 1953-yilda Birkbeck kollejiga oʻtgan.


John Desmond Bernal rahbarligida ishlagan davrida Franklin Birkbeckda viruslarning molekulyar tuzilishini oʻrganish boʻyicha ilgʻor tadqiqotlarga rahbarlik qilgan.[12] U Bryusselda oʻtkazilishi rejalashtirilgan xalqaro koʻrgazmada tamaki mozaika virusi tuzilishini taqdim etish arafasida, 1958-yilda 37 yoshida bachadon saratoni kasalligidan vafot etdi. Uning jamoa aʼzosi Aaron Klug uning tadqiqotlarini davom ettirib, 1982-yilda Kimyo boʻyicha Nobel mukofotini qoʻlga kiritdi.

  1. (unspecified title)
  2. — Т. 1. — С. 465-466.
  3. „The Rosalind Franklin Papers, Biographical Information“. profiles.nlm.nih.gov. 2011-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 13-noyabr.
  4. „The Rosalind Franklin Papers, The Holes in Coal: Research at BCURA and in Paris, 1942–1951“. profiles.nlm.nih.gov. 2011-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 13-noyabr.
  5. 1 2 Maddox, Brenda (2003). "The double helix and the 'wronged heroine'". Nature 421 (6921): 407–408. doi:10.1038/nature01399. PMID 12540909. https://archive.org/details/sim_nature-uk_2003-01-23_421_6921/page/406.
  6. Stasiak, Andrzej (2003). "The first lady of DNA". EMBO Reports 4 (1): 14. doi:10.1038/sj.embor.embor723. PMC 1315822. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1315822.
  7. Glynn, Jenifer (2012). "Remembering my sister Rosalind Franklin". The Lancet 379 (9821): 1094–1095. doi:10.1016/S0140-6736(12)60452-8. PMID 22451966.
  8. Jensen, Robin E.; Parks, Melissa M.; Mann, Benjamin W.; Maison, Kourtney; Krall, Madison A. (2019). "Mapping Nature 's scientist: The posthumous demarcation of Rosalind Franklin's crystallographic data" (en). Quarterly Journal of Speech 105 (3): 297–318. doi:10.1080/00335630.2019.1629000. https://robinejensen.com/wp-content/uploads/2019/10/Jensen-Parks-Mann-Maison-Krall_2019_QJS.pdf.
  9. Davies, Kevin (2020). "Rosalind Franklin Scientist: On the centenary of her birth, a look back at the fundamental role of Rosalind Franklin in unravelling the structure of the double helix in 1953" (en). Genetic Engineering & Biotechnology News 40 (7): 8–9. doi:10.1089/gen.40.07.02. https://www.liebertpub.com/doi/10.1089/gen.40.07.02.
  10. Glynn, p. 60.
  11. Franklin, Rosalind (1946). The physical chemistry of solid organic colloids, with special reference to the structure of coal and related materials (PhD thesis). University of Cambridge. OCLC 879396430. Andoza:EThOS. 19 May 2022da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9 November 2017.
  12. „James Watson, Francis Crick, Maurice Wilkins, and Rosalind Franklin“. Science History Institute (2016-yil iyun). 2018-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-mart.