Romiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Romiz, Mannon Romiz, Ramz i y (taxalluslari; asl ismsharafi Abdullayev Mannon) (1895, Toshkent — 1938, Krasnoyarsk) — jurnalist, yozuvchi, jamoat arbobi. 1918 yilning 2-yarmidan 1930 y. 1 sent.gacha turli partiyashoʻro rahbarligi lavozimlarida ishlagan. Milliy matbuot, nashriyot va maorif ishlarining rivojlanishida faol ishtirok etgan. "Turkiston", "Kambagʻal dehqon", "Kizil Oʻzbekiston" gaz., "Yer yuzi", "Maorif va oʻqituvchi" jur. muhirriri (1927—29), Maorif xalq komissari (1929). Adabiyjurnalistik faoliyati 1920 yildan boshlangan. Adabiytanqidiy va publitsistik makrlalar yozgan. Publitsist sifatida oʻz davrining muhim siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniymaʼrifiy masalalari, muammolari yuzasidan fikrlar bildirgan, ularning hal etilishiga muayyan hissa qoʻshgan. R. 1924—25 yillarda Pomirda ishlagan. Oʻsha yerdagi faoliyati asosida "Pomir Badaxshonga sayohat" turkum sayohatnomasini yaratgan (1925). "Oktyabr vaxalq maorifi" (1927), "Xayoldan haqiqatga" (1928), "Lotinlashtirish kurashida" (1928) kabi kitoblar muallifi. 1930 y. 5 sent.da "Narkompros ishi" boʻyicha qamoqqa olingan va "xalq dushmani" sifatida otib tashlangan. Shaxsga sigʻinish oqibatlari fosh etilgandan soʻng oklangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil