Vsevolod Romanovskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Romanovskiy Vsevolod Ivanovichdan yoʻnaltirildi)
Vsevolod Romanovskiy
Tavalludi 4-dekabr 1879-yil
Vafoti 6-oktyabr 1954-yil(1954-10-06)
(74 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR
Mukofotlari

Vsevolod Ivanovich Romanovskiy (1879.4.12, Olmaota — 1954.6.10, Toshkent) — matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1943), Peterburg universitetini tugatgan (1906). Varshava universiteti professor (1911 — 15), RostovDon universiteti professor (1915—18), 1918-yildan umrining oxirigacha Urta Osiyo universitetida professor.

Romanovskiy Toshkent mat. maktabi asoschisi. U ehtimollar nazariyasi va matematik statistikata katta hissa qoʻshgan. Markov zanjirlarini chuqur oʻrganib, umumlashtirgan, bu sohada matritsalar usullarini yaratgan; markaziy limit teoremani koʻp oʻlchovli holga oʻtkazgan. Matematik statistika sohasida R. bosh toʻplam empirik harakteristikalari taqsimot funksiyalariga doir ishlari bilan mashqur. R. oʻz ishlarida statistik nazorat, statistika usullarini xalq xoʻjaligida qoʻllashga alohida eʼtibor bergan. Oʻzbekistonda oliy mat. taʼlimini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishda, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Matematika institutini tashkil etishda (1943) R.ning xizmatlari katta. T. A. Sarimsoqov. S. H. Sirojiddinov va boshqa uning shogirdlari.

Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Matematika institutiga uning nomi berilgan (1954).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Romanovskiy Vsevolod Ivanovich" OʻzME. R-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Izbr. Trudi, t. 12, T., 19591964; Matematicheskaya statistika, t. 1—2, T., 19611963; Matematik statistikaning tajribada qoʻllanishi, T., 1950.