Valentina Romanova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Romanova Valentina Nikolayevnadan yoʻnaltirildi)

Valentina Nikolayevna Romanova (1938.20.9, Moskva viloyati Ximki sh. — 2003.14.4, Toshkent) — raqqosa, baletmeyster. Oʻzbekiston xalq artisti (1977). Toshkent xoreografiya bilim yurtini (1955), Toshkent madaniyat institutini (1992) tugatgan. 1955—57 yillar Navoiy teatrida balet raqqosasi, 1957—78 yillar "Bahor" davlat ashula va raqs ansamblining yakkaxon raqqosasi, 1978—82 yillar baletmeysteri. Uning ijrosidagi "Qoʻgʻirchoq", "Jonon", "Fargʻonacha rez", "Zang", "Andijon polkasi", "Choʻpon", "Xorazmcha raqs", "Pilla", "Rohat", "Kashtadoʻzlar", "Salom" kabi raqslar oʻzining shoʻxchanligi, harakatlarining tez va aniqligi, oʻzbek raqs maktabi texnikasining ustasi ekanligi bilan ajralib turadi. Madaniyat instituti va Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida pedagoglik qilgan (1996-yildan dotsent). M. Turgʻunboyeva bilan birgalikda Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (1973).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil