Roman Yakobson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Roman Osipovich Yakobson [1896. 11(23).10, Moskva 1982, AQSH] - rus va amerika tilshunosi, adabiyotshunos. Moskva (Lazarev) Sharq tillari instituti (1914) va Moskva universiteti (1918)ni tugatgan. 1921 yildan xorijda. Garvard universiteti va Massachusets texnologiya instituti prof. Moskva, Praga, Nyu-York tilshunoslik toʻgaraklariga, ruschex tilshunosi N.S.Trubetskoy (1890—1938) bilan hamkorlikda strukturalizmga. (q. Strukturaviy tilshunoslik) asos solgan olimlardan. Asosiy ilmiy asarlari nazariy tilshunoslik, qadimiy slavyan tillari, eng avvalo rus tilini oʻrganishga, sheʼriyatga bagʻishlangan. Ya. ilk slavyan sheʼriyati va eposini, slavyan mifologiyasi va marosimlarini, qadimiy rus adabiyoti asarlari, 19—20-asrlar rus yozuvchidari, shuningdek, Dante, Shekspir, M.Eminesku, B.Brext va boshqalar ijodkorlar tili va uslubini ham oʻrgangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Yakobson Roman Osipovich" OʻzME. Ya-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil