Roman Denisovich Tkachuk (1932.31.8—1994.9.1, Moskva) — aktyor, rejissor Oʻzbekiston xalq artisti (1964). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1955). 1953—1958 yillar Turkiston harbiy okrugi drama teatrida, 1958—1965 yillar rus akademik drama teatrida, 1965-yildan Moskva Satira teatrida ishlagan. Sahnada yaratgan Prisipkin ("Qandala"), Klim Samgin ("Boʻmboʻsh qalb tarixi"), Bolaganov ("Oltin buzoqcha"), Raskolnikov ("Jinoyat va jazo"), Hidoyatxon ("Maysaraning ishi"), Todoros ("Yolgʻonchi darkor"), Azamat ("Nomaʼlum kishi"), Samed ("Romeo, mening qoʻshnim"), Chasovnikov ("Dengiz") kabi obrazlari bilan tanilgan. "Ajoyib qotishma" (V.Kirshon), "Oy sonatasi" (A.Tur), "Yolgʻonchi darkor" (D.Psafas) kabi spektakllarni sahnalashtirgan.[1]