Romain Gall

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Romain Gall
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Romain Gall
Tavallud sanasi 31-yanvar 1995-yil (1995-01-31) (29 yosh)
Tavallud joyi Parij, Fransiya
Boʻyi 1.76 m (5 ft 9 in)
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Malmö FF
Raqami 18
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2009 Herndon
2009—2010 D.C. United
2010—2011 Real Salt Lake
2011—2014 Lorient
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2014 Lorient II 7 (1)
2014—2015 Columbus Crew SC 3 (0)
2015Austin Aztex (ijara) 12 (3)
2016 Nyköpings BIS 24 (9)
2017—2018 GIF Sundsvall 37 (9)
2018— Malmö FF 30 (7)
2020Stabæk (ijara) 10 (0)
2020Örebro SK (ijara) 8 (0)
2021Örebro SK (ijara) 11 (0)
Milliy terma jamoa
2013 AQSh U18 4 (4)
2014—2015 AQSh U20 25 (13)
2018 AQSh 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 23-oktyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2018-yil 20-noyabr uchun)

Romain Thierry Marie Gall (talaffuzi: Romain Tyerri Mari Goll; 1995-yil 31-yanvarda Fransiya poytaxti Parijda tugʻilgan) — asli kelib chiqishi amerikalik boʻlgan futbolchi, „Malmö“ futbol klubi yarim himoyachisi hisoblanadi.

Gall Fransiyada tugʻilgan. 7 yoshida u oilasi bilan AQShga koʻchib oʻtgan. 15 yoshida u AQSh fuqaroligini olgan[1].

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Romain „DC United“, „Real Salt Lake“ va Fransiyaning „Lorient“ futbol klublari bitiruvchisi. 2014-yil 7-avgustda Gall oʻzining birinchi professional shartnomasini „Columbus Crew“ futbol klubi bilan imzolagan[2]. 23-avgust kuni u MLSdagi debyutini „Houston Dynamo“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan[3]. 2015-yilning 9-iyulida Romain oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun „Austin Aztex“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan[4]. 12-iyul kuni u USLda „Real Monarchs“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan [5] . 6-sentabr kuni „Seattle Sounders 2“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Marie Gall oʻzining jamoadagi ilk golini kiritgan[6]. 2016-yilning 12-fevralida mavsumoldi yig‘ini chog‘ida „Columbus Crew“ jamoasi uni jamoadan chiqarib yuborgan[7].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilda Romain Yamaykada boʻlib oʻtadigan 20 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi CONCACAF chempionatida ishtirok etadigan 20 yoshgacha boʻlgan AQSh terma jamoasiga kiritilgan[8]. Turnirda u Gvatemala, Aruba, Yamayka, Salvador va Trinidad va Tobago yoshlar terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[9][10][11][12][13]. Yamaykaliklar va arubaliklarga qarshi janglarda Marie Gall „dubl“ va „xet-trik“ qayd etgan. Musobaqa natijalariga koʻra, u Hirving Lozano bilan birgalikda turnirning eng yaxshi toʻpurariga aylangan.

2018-yilning 6-noyabr kuni Gall Angliya va Italiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari uchun AQSh terma jamoasiga chaqirilgan[14]. U 20-noyabr kuni Italiyaga qarshi o‘yinda 83-daqiqada Christian Pulisic o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan va shu tariqa Amerika terma jamoasida debyut qilgan[15].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mamlakat Mavsum
Lorient II Fransiya bayrogʻi Fransiya 2012—2014
Columbus Crew S. C. Birlashgan nemis komandasi bayrogʻi(1960-1968) Germaniya 2014—2015
Austin Aztex AQSH bayrogʻi AQSh 2015
Nyköpings BIS Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya 2016—2017
GIF Sundsvall Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya 2017—2018
Malmö FF[16] Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya 2018—
Stabæk IF (ijara)[17] Norvegiya bayrogʻi Norvegiya 2020
Örebro SK (ijara) Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya 2020
Örebro SK (ijara) Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya 2021—

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Brian Sciaretta. „Gall poised for Lorient progress“ (en). Yanks Abroad (2013-yil 24-iyun). 2018-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-yanvar.
  2. „Crew signs U.S. Youth International midfielder Romain Gall“ (en). Columbus Crew SC (2014-yil 7-avgust). 2020-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-avgust.
  3. „Коламбус Крю VS. Хьюстон Динамо 3:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 24-avgust). 2014-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-yanvar.
  4. „Crew SC loans Romain Gall to Austin Aztex“ (en). Columbus Crew (2015-yil 9-iyul). 2021-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-sentyabr.
  5. „Реал Монаркс VS. Остин Ацтекс 3:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 12-iyul). 2017-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-fevral.
  6. „Остин Ацтекс VS. Сиэтл Саундерс 2 2:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 6-sentyabr). 2017-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-fevral.
  7. „Crew SC announces roster updates during second preseason camp“ (en). Columbus Crew SC (2016-yil 12-fevral). 2020-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-fevral.
  8. „Tab Ramos Names 20-Player Roster for 2015 CONCACAF U-20 Championship“ (en). U.S. Soccer (2015-yil 5-yanvar). 2015-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
  9. „США (до 20) VS. Гватемала (до 20) 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 9-yanvar). 2017-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-yanvar.
  10. „Аруба (до 20) VS. США (до 20) 0:8“ (en). soccerway.com (2015-yil 14-yanvar). 2017-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-yanvar.
  11. „Ямайка (до 20) VS. США (до 20) 0:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 19-yanvar). 2017-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-yanvar.
  12. „США (до 20) VS. Тринидад и Тобаго (до 20) 1:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 21-yanvar). 2017-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-yanvar.
  13. „США (до 20) VS. Сальвадор (до 20) 2:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 24-yanvar). 2017-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-yanvar.
  14. „Sarachan to Gather 28-Player Roster for Final Kickoff Series Matches Against 2018 World Cup Semifinalist England and Four-Time Champion Italy“ (en). U.S. Soccer (2018-yil 6-noyabr). 2018-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-noyabr.
  15. „Young MNT Surrenders Stoppage Time Goal in 1-0 Loss to Italy“ (en). U.S. Soccer (2018-yil 20-noyabr). 2019-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-aprel.
  16. Andoza:Cita web
  17. Andoza:Cita web