Kontent qismiga oʻtish

Rodrigo Machado

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Rodrigo
Rodrigo playing for Spain at the 2018 World Cup
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rodrigo Moreno Machado[1]
Tavallud sanasi 6-mart 1991-yil (1991-03-06) (34 yosh)[2]
Tavallud joyi Rio de Janeiro, Brazil[2]
Boʻyi 1.82 m[3]
Ampluasi Striker, winger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Al-Rayyan
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002 Flamengo
2003–2005 Ureca
2005–2009 Celta
2009 Real Madrid

Rodrigo Moreno Machado — asli braziliyalik ispaniya futbolchisi, „Lids United“ klubi hujumchisi. Ispaniya terma jamoasi futbolchisi.

Rodrigo professional faoliyatini asosiy jamoaning uchinchi jamoasi „Real Madrid C“ da boshlagan. Keyin braziliyalik „Castilla“ga koʻchib oʻtgan va u yerda bir mavsum oʻtkazgan va 18 uchrashuvda 5 ta gol urdi.

2015-yilning 15-iyunida „Valencia“ futbolchining huquqlarini „Benfica“ jamoasidan sotib olgan. Transfer summasi 30 million yevroni tashkil qilgan edi. Shartnoma 2019- yilning iyun oyi oxirigacha imzolangan.

2019-yil 29-yanvar kuni Rodrigo ikkinchi bo‘limda xet-trik qayd etdi, buning evaziga mezbonlar Ispaniya Kubogi chorak finalida „Getafe“ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi. 2019-yilning 25-may kuni turnir finalida „Barcelona“ jamoasiga g‘alaba to‘pini kiritgan[4].

2020-yilning 26-avgustida u 30 million yevro evaziga „Lids United“ jamoasiga o‘tgan va 10 yildan so‘ng Angliyaga qaytgan. 2020-2021-yilgi mavsumda u 26 oʻyin oʻtkazib, 7 gol urgan. Keyingi mavsumda u 31 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urgan. 2022-2023-yilgi mavsumda u dastlabki uch turda 4 ta gol urgan va Premer-ligada oyning eng yaxshi futbolchisi nomiga daʼvogarlik qilgan.

Xalqaro karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rodrigo Ispaniya terma jamoasida 19 yoshgacha boʻlgan guruhda oʻynagan. Jamoa bilan futbolchi Fransiyaga qarshi Yevropa chempionati finaliga chiqgan. Hal qiluvchi uchrashuvda Rodrigo oʻyindagi gollari bilan hisobni ochgan boʻlsa, keyinchalik fransuzlar ikkita gol urib, turnir gʻolibi boʻlishgan[5]. Keyingi yili u yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻynadi va u yerda 3 ta gol urdi. Va uning jamoasi chorak finalga qadar yetib bordi va u yerda boʻlajak chempion braziliyaliklarga penaltilar seriyasida magʻlub boʻldi.

U Ispaniya terma jamoasidagi debyutini 2014- yilning oktabr oyida Lyuksemburgga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Keyingi safar u terma jamoa safida faqat 2017-yilning oktyabr oyida oʻynagan va bu oʻyinda Albaniya darvozasiga toʻp kiritgan edi. 2018-yilda u Ispaniya terma jamoasining asosiy oʻyinchisi boʻlib, bir yilda 12 ta oʻyin oʻtkazgan. 2019-yilda u milliy terma jamoa safida 7 ta o‘yin o‘tkazdi va Yevro-2020 saralash turnirida 4 ta gol urdi, jumladan, Farer orollari darvozasiga dubl qayd etdi. 2019-yildan keyin vaqti-vaqti bilan terma jamoaga chaqirilardi, Yevro-2020da oʻynamadi.

Klub Mavsum Liga Chempionat Kubok Kontinental Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Real Madrid Castilla 2009/10 Tersera 4 1 0 0 4 1
Real Madrid Castilla 2009/10 Segunda V 18 5 0 0 18 5
Bolton Wanderers 2010/11 Premer-liga 17 1 3 0 1 0 21 1
Jami 17 1 3 0 0 0 1 0 21 1
Benfica 2011/12 Liga Sagrish 22 9 2 1 9 1 4 4 37 15
2012/13 20 7 5 2 10 1 3 1 38 11
2013/14 26 11 5 2 9 4 1 0 41 17
Jami 68 27 12 5 28 6 8 5 116 43
Valencia 2014/15 La Liga 31 3 1 1 32 4
2015/16 25 2 4 2 9 3 38 7
2016/17 19 5 2 2 21 7
2017/18 37 16 7 3 0 0 44 19
2018/19 33 8 7 5 11 2 51 15
2019/20 27 4 1 1 6 2 34 7
Jami 176 39 22 14 26 7 224 60
„Benfica“
  • Portugaliya chempioni: 2013-2014
  • Portugaliya Ligasi kubogi sohibi: 2011-2012, 2013-2014
  • Portugaliya kubogi gʻolibi: 2013-2014
„Valensiya“
  • Ispaniya kubogi gʻolibi: 2018-2019
  1. „2020/21 Premier League squads confirmed“. Premier League (2020-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 24-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 „Rodrigo“. Eurosport. Qaraldi: 2020-yil 13-oktyabr.
  3. „2018 FIFA World Cup Russia – List of Players“. FIFA (2018-yil 4-iyun). 2018-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-iyun.
  4. „Валенсия подтвердила, что Родриго переходит в Лидс“. football.ua. 2020-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-oktyabr.
  5. „Родриго Морено присоединился к «Болтону»“. 2012-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 10-mart.