Rodari Janni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

RODARI (Rodari) Janni (1920.23.10, Omenya — 1980.15.4) — italyan yozuvchisi. Qarshilik koʻrsatish harakati qatnashchisi. Ilk "Quvnoq sheʼrlar kitobi" (1951) toʻplami bolalar hayotiga bagʻishlangan. Yengil vaznli hajviy oʻynoqi sheʼrlari, nasriy asarlari folklor anʼanalari ruhida. "Chipollinoning boshidan kechirganlari" (1951) ertakqissasi ayniqsa mashhur.

Asar qahramonining afsonaviy mamlakatdagi gʻaroyib sarguzashtlari fantaziya va hajv unsurlari vositasida yoritilgan. "Fantaziya grammatikasi" (1973) kitobi muallifi. "Chipollinoning boshidan kechirganlari" (1955), "Salom bolalar" (1956), "Jelsomino yolgʻonchilar mamlakatida" (1962), "Telefonda aytilgan ertak" (1971) va boshqa asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil