Rodanidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rodanidlar, tiotsianatlar — rodanid kislotanst hosilalari. Umumiy formulasi RSCN (R — bir valentli metall yoki organik radikal, SCN — rodan yoki tiotsian ion). Anorganik R. — tuzlar, Mas, kaliy rodanid, ammoniy rodanid. Koʻpchilik R. suvda yaxshi eriydi. R. sianidlarga oltingugurt qoʻshilishi natijasida hosil boʻladi. Koks gazini tozalashda ham koʻpgina miqdorda R. ajraladi. Anorganik R. analitik kimyoda, organik R. insektitsid, fungitsit, bakteritsid va gerbitsidlar sifatida ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil