Rocky Marciano

Rocky Marciano (inglizcha: Rocky Marciano-inglizcha talaffuz qilinadi Rokki Marciano,haqiqiy ismi Rokko Frensis Marchegiano,inglizcha: Rocco Francis Marchegiano) — magʻlubiyatsiz faoliyat olib borgan amerikalik professional bokschi.1923-yil 1-sentyabrda Massachusets shtati Brokton shahrida tavallud topgan.1952-yil 23-sentyabrdan 1956-yil 30-noyabrgacha ogʻir vaznda mutlaq jahon chempioni.Ogʻir vazn toifasida jahon chempionligini qoʻlga kiritgan yagona magʻlubiyatsiz bokschi.BoxRec[1] talqini boʻyicha vazn toifasidan qatʼi nazar, barcha davrlarning eng yaxshi bokschilari reytingida 21-oʻrinni egallaydi.
Professional faoliyatini tugatgandan soʻng, u muvaffaqiyatli biznesmenga aylandi.
Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rocky Marciano italiyalik muhojirlarning katta oilasida tugʻilgan.Otasi Ripa Teatina (Abruzzo), onasi Galdo (Kampaniya) San-Bartolomeodan edi.Bolaligida u turli ishlarni bajargan: qor tozalagan, idishlarni yuvgan, qazuvchi boʻlib ishlagan, gaz quvurlari yotqizgan[2].
Sport[tahrir | manbasini tahrirlash]
Beysbol mashgʻulotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rockyning birinchi jiddiy sevimli mashgʻuloti beysbol edi.U umidli sportchi hisoblanardi, ammo mashgʻulotlarda qoʻli singanligi sababli u beysbolchi boʻlish orzusi bilan xayrlashishga majbur boʻldi[3].
Boksdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
1951-yil mart oyida Rocky Marciano magʻlubiyatsiz bokschi Roland Lastarzaga qarshi ringga chiqdi. Jang juda teng kurashlarda oʻtdi va 10 raund davom etdi.Xakamlar qarori bilan jang Marcianoning gʻalabasi bilan yakunlandi.Bundan tashqari bitta hakam gʻalabani Marcianoga, ikkinchisi-Lastarzaga, uchinchisi esa durang dedi va oʻsha paytdagi qoidalarga koʻra ringdagi hakam gʻalabani Marcianoga berdi.Bu Marcianoning eng bahsli gʻalabasi boʻldi.
1951-yil iyul oyida Marciano kuchli bokschi Reks Leynni 6-raundda nokautga uchratdi.Qolaversa bu jang oldidan Reks Leyn favorit edi.
1951-yil oktyabr oyida u afsonaviy Jo Luis bilan uchrashdi.Keksa Luis yosh raqibga deyarli qarshilik koʻrsata olmadi.8-raundda Marciano sobiq chempionni nokautga uchratdi.
1952-yil sentyabr oyida Marciano ogʻir vazn toifasida jahon chempioni Jersi Jo Uolkottga qarshi ringga chiqdi.Marciano oʻz faoliyatida birinchi marta nokdaunga uchradi. 13-raundda esa Rocky chempionni nokautga uchratdi.Jang „Ring“ jurnaliga koʻra „yil jangi“ maqomini oldi.
1953-yil may oyida Marciano va Uolkott oʻrtasida revansh jangi boʻlib oʻtdi.Marciano raqibni nokdaunga tushirdi.Uolkott sanoqni oxirigacha polda oʻtirdi.Sanoq 10 ga yetgandan keyin hakam bahsli tarzda jangni toʻxtatdi.Uolkottning burchagi bahslasha boshladi, biroq hakam ularga quloq solmadi va keyin ringni tark etdi[4].
1953-yil sentyabr oyida Marciano yana Roland Lastarza bilan uchrashdi.Lastarza koʻproq himoyada harakat qildi.Marciano aksincha hujumda, ammo kurash ancha teng kechdi.11-raundda Marciano Lastarzani ogʻir nokdaunga tushirdi.Lastarsa dadil koʻtarildi, biroq Marciano unga imkoniyat qoldirmadi va hakam texnik nokautni qayd etib jangni toʻxtatdi.Jang „Ring“ jurnaliga koʻra „yil jangi“ maqomini oldi.
1954-yil iyun oyida Marsiano ogʻir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Ezzard Charlzga qarshi ringga chiqdi.Marciano ishonchli tarzda ochkolar boʻyicha gʻalaba qozondi.
1954-yil sentyabr oyida Marciano va Charlz oʻrtasida revansh jangi boʻlib oʻtdi.8-raundda Marciano raqibni nokautga uchratdi.
1955-yil may oyida Marciano 9-raundda kuchli Don Kokellani nokautga uchratdi.
1955-yil sentyabr oyida ogʻir vaznda jahon chempioni Rokki Marciano va yengil vazn toifasida jahon chempioni afsonaviy Archi Mur oʻrtasida jang boʻlib oʻtdi.Marciano 9-raundda raqibni nokautga uchratdi.
Oʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]
U 1969-yil 31-avgustda Cessna-172 hususiy samolyotida aviahalokatga uchrab halok boʻldi.Samolyot uchuvchisi yomon ob-havo tufayli Ayova shtatidagi aerodromga favqulodda qoʻnmoqchi boʻldi, biroq daraxtga urilib ketdi.
Xotira[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Rocky Marcianoning ona shahri Broktonda haykali oʻrnatildi[5].
- Brokton pochta boʻlimi Marciano sharafiga nomlandi[6].
- „Rocky Marciano“ filmi (Rocky Marciano, AQSh,1999;rejissor Charlz Uinkler; Rocky rolida-Jon Favreau).
- „Dschinghis Khan“ nemis disko-guruhi Rocky Marciano sharafiga qoʻshiq ishlagan.
Janglarining statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „BoxRec ratings: world, pound-for-pound, active and inactive“. BoxRec. 29-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-iyul 2020-yil.
- ↑ „Рокки Марчиано (Rocky Marchiano)“. 23-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-noyabr 2014-yil.
- ↑ „Биография, нокауты, рекорды Рокки Марчиано“. 1-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-noyabr 2014-yil.
- ↑ „Rocky Marciano vs Jersey Joe Walcott“. 3-oktabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-oktabr 2017-yil.
- ↑ „Знаменитому боксеру Рокки Марчиано установили памятник“. 22-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-noyabr 2014-yil.
- ↑ „Рокки Марчиано поставят памятник в Броктоне“. 23-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-noyabr 2014-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Marchiano, Rokki (angl.) — statistika boyov na sayte BoxRec
- Rocky Marciano // Ofitsialniy sayt
- VALUYeV PROTIV ROKKI
- Nepobejdenniy chempion?
- Video boev Marchiano