Rocaille (Fabergé tuxumi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Rocaille tuxumi Fabergé tuxumi

Rocaille tuxumi
Yetkazib berilgan yil 1902
Mijoz Alexander Kelch
Qabul qiluvchi Barbara Kelch-Bazanova
Amaldagi egasi
Individual yoki muassasa Artie va Dorothy McFerrin
Sotib olish yili 2012-yil
Dizayn va materiallari
Ish ustasi Michael Perkhin
Foydalanilgan materiallar oltin, emal, olmos, platina
Boʻyi 120 mm
Eni 142 mm
Oʻziga xos xususiyati oltin tripod

Rocaille tuxumi rus zargari Peter Carl Fabergé ustaxonasida 1902-yilda tayyorlangan Fabergé tuxumlaridan biri hisoblanadi. Rocaille tuxumi boy rus sanoatchisi Alexander Kelch uchun tayyorlangan. Rocaille tuxumi rus boy sanoatchisi Alexander Kelch oʻzining xotini Barbara Kelch-Bazanovaga Pasxa sovgʻasi sifatida tortiq qilgan. Rocaille tuxumi rus podshosining qirolichasiga sovgʻasi boʻlmagani uchun u „imperial“ Fabergé tuxumi hisoblanmaydi, aksincha, yettita „Kelch“ tuxumidan biri deb ataladi. Rocaille tuxumi Kelch tuxumlari seriyadagi beshinchi tuxum hisoblanadi[1].

Oʻziga xos xususiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fabergé tomonidan ishlab chiqarilgan har bir Pasxa tuxumi singari, bu tuxumda ham „sovgʻa“ mavjud. Rocaille tuxumining ichidagi sovgʻasi oltin tripod hisoblanadi. Oltin tripodning bir tomonida olmosdan yasalgan „BK“ (Barbara Kelch) bosh harflari va boshqa tomonida olmosdan yasalgan „1902“ sanasi mavjud. 1902 sanasi qizil rangli yurakcha shaklidagi oʻyilgan yuzaga oʻrnatilgan. 1902 sanasining yuqori qismida uchta tasvir uchun boʻsh joy mavjud (ehtimol, kichik rasmlar uchundir). Oʻrganilgan maʼlumotlardan maʼlum boʻlishicha dastlab uchta ramkadagi miniatyuralar mavjud boʻlmagan (ehtimol, keyinchalik qoʻshilgan)[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rocaille tuxumi Alexander Kelch tomonidan 1920-yilda sotib yuborilgan[3]. Rocaille tuxumi oʻsha yili fransuz zargari Morgan tomonidan Parijdagi Rue de la Paix auksionida sotuvga qoʻyilganidan keyin janob Leon Ginberg tomonidan sotib olingan. Oʻshandan keyin sotuv boʻyicha belgilangan fransuz qoidalari tufayli Rocaille tuxumi koʻzgazmaga qoʻyilmadi[4]. 1940-yillarda Rocaille tuxumi amerikalik A La Vieille Russie tomonidan sotib olingan. Shundan soʻng, Rocaille tuxumini 1949—1958-yillarda amerikalik Jack va Belle Linskylar sotib olishgan. 1958-yilda Rocaille tuxumini yana bir bor A La Vieille Russie sotib oldi. 1962-yildan 1997-yilgacha Rocaille tuxumi Finlandiyadagi shaxsiy kolleksiyada saqlangan. Keyin 1997-yilda Rocaille tuxumi dallaslik Proler ismli diler tomonidan oshkor etilmagan xususiy shaxsga sotilgan. 2012-yilda Rocaille tuxumini Artie va Dorothy McFerrin oʻz kolleksiyasi uchun sotib oldilar. 2013-yilda Rocaille tuxumi Texasning Houston shahrida Fabergé simpoziumining bir qismi sifatida namoyish etildi[5].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Lowes, Will. Fabergé Eggs: A Retrospective Encyclopedia. Scarecrow, 2001 — 112 bet. ISBN 978-0-8108-3946-5. 
  2. „Mieks Fabergé Eggs“. Wintraecken.nl (9-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2019-yil.
  3. „Rocaille egg Faberge 1902“. Faberge-eggs.info (20-oktabr 2008-yil). 2017-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-oktabr 2019-yil.
  4. Von Solodkoff, Alexander. Masterpieces from the House of Fabergé. Harry N. Abrams, 25 March 1989 — 42 bet. ISBN 978-0-8109-8089-1. 
  5. „Mieks Fabergé Eggs“. Wintraecken.nl (9-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2019-yil.