Robiya Sulton Begim maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Robiya sulton begim maqbarasiTurkiston sh. (Qozogʻiston)dagi meʼmoriy yodgorlik (15-asr) Yassaviy majmuasi tarkibida. Ulugʻbekning qizi Robiya Sulton begimga atab qurilgan. Maqbara tarhi 8 qirrali, bosh tarzidagi peshtoq boʻrttirib ishlangan. Ichki qismi ham 8 qirrali, uning har bir qirrasi ravokli tokchalarga boʻlingan. Robiya Sulton begimning marmar qabr toshi turli oʻyma naqsh va yozuvlar bilan bezatilgan. 1898 yilda maqbara butunlay buzib tashlangan. 1972—75 yillarda qayta tiklash va taʼmirlash ishlari olib borilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Arxitekturniy kompleks Axmeda Yasavi, AlmaAta, 1988.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil