Robinson Joan Vayolet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

ROBINSON (Robinson) Joan Vayolet (1903.31.10, Kamberli — 1983. London) — ingliz iqtisodchisi. Kembrij universitetini tugatgan. 1965—71 yillarda shu untda prof. A. Marshall maktabining taniqli vakili. R. makroiqtisodiy jarayonlar taxlilidagi umumiy yondoshuvlarda J.M.Keynsta, taxlilning asosiy kategoriyalari (daromad, ish haqi, foiz kapital)ga yondoshuvda A. Marshall va D. Rikardoga tayanadi. 20-asrning 30-yillari boshida nomukammal raqobat nazariyasini, 50-yillarda oʻzining iqtisodiy oʻsish nazariyasini yaratdi. 1933 yilda nashr etilgan "Nomukammal raqobat iqtisodiyoti" asari unga katta shuhrat keltirdi. R.ning asarlari monopoliyalar faoliyatida bozorlarning oʻrni muammolarini aniqlash va oʻrganishga bagʻishlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil