Robert Prosinečki
Robert Prosinečki (xor.: Robert Prosinečki) — yugoslav va xorvatiyalik futbolchi, xorvatiyalik futbol murabbiyi.1969-yil 12-yanvarda Baden-Vyurtembergning Fillingen-Shvenningen shahrida tugʻilgan.Yugoslaviya va Xorvatiya terma jamoalarida oʻynagan.
Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Robert Germaniyada Yugoslaviyadan kelgan muhojirlar oilasida tugʻilgan.Bolaligida u tarixiy vataniga koʻchib oʻtdi. Faoliyatini Zagrebning „Dinamo“ jamoasida boshlagan. Soʻng Belgradning „Srvena Zvezda“ klubiga oʻtgan va u yerda 1991-yilda Yevropa Chempionlar kubogini qoʻlga kiritgan.1988,1990,1991-yillarda Yugoslaviya chempioni boʻlgan.1990-yilda Yugoslaviya kubogini qoʻlga kiritgan.
U shuningdek „Real Madrid“,"Ovyedo", „Barselona“, „Sevilya“, „Xrvatski Dragovolac“, „Standart Liej“, „Portsmut“, „Olimpia Lyublyana“ va „NK Zagreb“ klublarida oʻynagan.
U futbolchilik faoliyatini 2004-yilda yakunlagan.
Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Prosinečki Xorvatiya terma jamoasi safida 49 ta oʻyin oʻtkazib 10 ta gol urgan.Shuningdek Yugoslaviya terma jamoasi safida 15 ta oʻyin oʻtkazib 4 ta gol urgan.1987-yilda Prosinečki Yugoslaviya terma jamoasi tarkibida Chilida boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqdi, shuningdek musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
1990-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.Ushbu musobaqada Robert Prosinechki 170 daqiqa davomida 3 ta oʻyin oʻtkazdi.BAA terma jamoasi darvozasiga 1 ta gol urgan.1990-yilgi jahon chempionati guruh bosqichining birinchi oʻyinida Prosinechki 10-iyun kuni „San-Siro“ stadionida Germaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushib 35 daqiqa maydonda oʻtkazdi.BAA terma jamoasiga qarshi kechgan ikkinchi oʻyinda u 15 daqiqani maydonda oʻtkazdi va 90-daqiqada gol urdi.1/4 finalda Argentina terma jamoasiga qarshi maydonda 120 daqiqa oʻynab, penaltilar seriyasida esa Robert jamoadoshlari bilan gʻalaba qozonishdi.
1996-yilgi Yevropa chempionatida Robert 3 ta oʻyinda 224 daqiqa oʻynadi va 1 ta sariq kartochka oldi.Guruh bosqichining ilk oʻyinida Xorvatiya terma jamoasi Turkiya terma jamoasi bilan toʻqnash keldi.Prosinečki 90 daqiqa harakat qildi.Ikkinchi oʻyinda Xorvatiya terma jamoasi Daniya terma jamoasi bilan toʻqnash keldi.Prosinečki 88 daqiqa oʻynadi va 1 ta sariq kartochka oldi.Uchinchi oʻyinda Xorvatiya terma jamoasi Portugaliya terma jamoasi bilan toʻqnash keldi.Prosinečki 46 daqiqa harakat qildi.
1998-yilgi jahon chempionatida Prosinečki 5 oʻyin oʻtkazib, 304 daqiqa oʻynadi va 2 gol urdi.Guruh bosqichining birinchi oʻyinida u Yamayka terma jamoasiga qarshi oʻynadi.90 daqiqani maydonda oʻtkazdi va 53-daqiqada gol urdi. Ikkinchi oʻyinda u Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushib,65 daqiqa maydonda oʻtkazdi.Uchinchi oʻyinda Argentina terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi, 68 daqiqa maydonda oʻtkazdi.1/2 finalda Prosinechki Fransiya terma jamoasiga qarshi oʻynadi.3 daqiqa maydonda oʻtkazdi. Gollandiya terma jamoasiga qarshi 3-oʻrin uchun oʻyinda u 78 daqiqani maydonda oʻtkazdi va 13-daqiqada gol urdi.Shunday qilib ikki xil jamoa-Yugoslaviya terma jamoasi va Xorvatiya terma jamoasi uchun jahon chempionatlarida gol urgan tarixdagi yagona futbolchiga aylandi.
2002-yilgi Jahon chempionatida Robert Prosinečki Meksikaga qarshi 1 oʻyinda 45 daqiqa oʻynagan.
Robert Prosinečki Xorvatiya terma jamoasi safida 1996-yilgi Yevropa chempionati hamda 1998 va 2002-yilgi jahon chempionatlarida ishtirok etgan.1998-yilda jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi.
Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2006—2010-yillarda Xorvatiya terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlagan.2010-yil 9-dekabrda u „Srvena Zvezda“[1][2][3] bosh murabbiyi boʻldi va u yerda 2 yil ishladi.
2014-yilda u Ozarbayjon terma jamoasini boshqargan, ammo jamoaga na Yevro-2016 na JCh-2018 saralashiga yordam bera olmagan.U 2017-yilning oktyabrida terma jamoani tark etgan.
2018-yilning 4-yanvaridan Bosniya va Gersogovina terma jamoasi bosh murabbiyi[4].
2022-yil 22-martdan-"Olimpia Lyublyana" (Sloveniya) futbol klubi bosh murabbiyi[5].
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoaviy[tahrir | manbasini tahrirlash]
"Srvena Zvezda"
- Yugoslaviya chempioni-1987/88,1989/90,1990/91
- Yugoslaviya kubogi sohibi-1989/90
- Yevropa Chempionlar kubogi gʻolibi-1990/91
"Real Madrid"
"Kroasiya"
- Xorvatiya chempioni-1997/98,1998/99,1999/00
- Xorvatiya superkubogi sohibi-1998
- Xorvatiya kubogi sohibi-1997/98
"Olimpiya" (Lyublyana)
- Sloveniya kubogi sohibi-2001/02
Yugoslaviya terma jamoasi
- Jahon chempioni (20 yoshgacha) — 1987
- 1990-yil yoshlar jamoalari oʻrtasidagi futbol boʻyicha Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori-1990
Shaxsiy[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida yilning eng yaxshi futbolchisi-1987
- Jahon chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi-1990
- Yugoslaviyadagi yilning eng yaxshi futbolchisi-1990
- Bravo kubogi gʻolibi-1991
- Xorvatiyada yilning eng yaxshi futbolchisi-1997
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Просинечки возглавил «Црвену Звезду»“. Чемпионат.ру (9-dekabr 2010-yil). 4-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-dekabr 2010-yil.
- ↑ „Роберт Просинечки поново у Звезди“ (serbcha). ФК Црвена звезда (9-dekabr 2010-yil). 4-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-dekabr 2010-yil.
- ↑ „Prosinecki angeblich neuer Trainer in Belgrad“ (olmoncha). transfermarkt.de (9-dekabr 2010-yil). 11-dekabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-dekabr 2010-yil.
- ↑ „Просинечки возглавил сборную Боснии и Герцеговины“. 4-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-yanvar 2018-yil.
- ↑ „Robert Prosinečki je novi trener Olimpije“. 8-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-aprel 2022-yil.