Robert Enke

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Robert Enke
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Robert Enke[1]
Tavallud sanasi 24-avgust 1977-yil
Tavallud joyi Jena, Shimoliy Germaniya
Vafot sanasi 10-noyabr 2009-yil(2009-11-10)
(32 yoshda)
Vafot joyi Neustadt am Rübenberge, Germaniya
Boʻyi 1.86 m (6 ft 1 in)[2]
Ampluasi darvozabon
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1985 BSG Jenapharm
1986—1995 Carl Zeiss Jena

Robert Enke (talaffuzi: Robert Enk; 1977-yil 24-avgustda Germaniyada tugʻilgan) — germaniyalik darvozabon. Germaniya Bundesligasida „Gannover 96“ jamoasida oʻynagan. Milliy terma jamoa aʼzosi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yil mart oyida Robert Enke milliy terma jamoadan taklif olgan. Uning ilk uchrashuvi Daniya termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini boʻlgan. Oʻsha paytga kelib darvozabon Oliver Kan terma jamoani tark etgan edi. EURO-2008 musobaqasida jamoaning tarkibiga Robert Enke ham kiritilgan, lekin u hech qaysi oʻyinda maydonga tushmagan. EURO-2008 sobiq darvozabon Leman milliy terma jamoani tark etgandan soʻng, 2010-yilgi Jahon chempionati saralash guruhida darvozabon sifatida Robert Enke qatnashgan. Umuman olganda, Robert Enke oʻzining oʻyinlari davomida Yoaxim Lyov boshchiligidagi Germaniya terma jamoasida 8 ta oʻyin oʻtkazgan. Robert Enke terma jamoadagi soʻnggi oʻyinini 2009-yilning 12-avgust kuni Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2009-yil 10-noyabrda 32 yoshida Noyshtadt am Rübenberg shahrida vafot etgan. Robert Enke mashinasini soatiga 160 km tezlikda ketayotgan Gamburg-Bremen yoʻnalishidagi ekspres poyezd urib yuborgan. Maʼlumki, Robert Enke oʻsha paytlarda „Barcelona“ futbol klubining asosiy jamoasida oʻz oʻrnini topa olmagani tufayli psixiatriya yordamiga murojaat qilgan[3][4].

Robert Enkening vafoti munosabati bilan Germaniya futbol assotsiatsiyasi 2009-yilning 14-noyabrida Chiliga qarshi oʻtkazilishi rejalashtirilgan oʻrtoqlik uchrashuvini bekor qilishga qaror qilgan. 2011-yilda Gannoverda „AVD-Arena“ yonida joylashgan koʻchalardan biriga Robert Enke nomi berilgan[5].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Robert Enkening Tereza isimli rafiqasi va Leyla ismli asrab olgan qizi bor. Ularning qizi Lara 2006-yil sentabr oyida tugʻma yurak kasalligi tufayli 2 yoshida vafot etgan.

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mamlakat Mavsum
F. C. Carl Zeiss Jena Olmoniya bayrogʻi Germaniya 1995—1996
Borussia Mönchengladbach Olmoniya bayrogʻi Germaniya 1996—1999
S. L. Benfica Portugaliya bayrogʻi Portugaliya 1999—2002
F. C. Barcelona Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 2002—2003
Fenerbahçe S. K. Turkiya bayrogʻi Turkiya 2003
C. D. Tenerife Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 2004
Hannover 96 Olmoniya bayrogʻi Germaniya 2004—2009

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Robert Enke“ (tr). Turkish Football Federation. Qaraldi: 2019-yil 3-oktyabr.
  2. „Robert Enke“. hannover96.de. 2008-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 17-aprel.
  3. U Roberta Enke bila depressiya
  4. „Энке наблюдался у психиатра с 2003 года“. 2010-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 3-yanvar.
  5. Imenem Enke nazvali ulitsu Gannovera[sayt ishlamaydi] Chempionat.ru, 17 yanvarya 2011