Sobirjon Roʻziyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ro‘ziyev Sobirjon Sobitovichdan yoʻnaltirildi)

{{Davlat arbobi |ismi= |lavozimi= Sobirjon Sobitovich Roʻziyev (1953.15.6, Qirgʻiziston, Moskva tumani) — qilichboz, xizmat koʻrsatgan sportchi (1978). Qilichbozlikning rapira turi boʻyicha 3 karra jahon chempioni (1974, Grenobl; 1979, Melburn; 1981, KlermonFerran), 3 marta jahon kubogi gʻolibi (1974, 1975, 1977, Bonn), 2 marta Jovanini kubogida gʻolib chiqqan (1974, Bolonya; 1979. Venetsiya), olimpiada kumush medali sovrindori (1980, Moskva). R. Oʻzbekiston jismoniy tarbiya institutini (1975), ToshDUning yuridik fakultetini (1986) tugatgan. Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchisi (1974 —92). Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi raisi (1992—95), Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiada qoʻmitasi prezidenti (1995—2003). Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi prezidenti (2003-yildan). R. Xalqaro Olimpiada qoʻmitasining kumush ordeni (1998), Milliy Olimpiada qoʻmitalari assotsiatsiyasi oltin ordeni (2002) bilan mukofotlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil