Roʻmol
Roʻmol — ayollar bosh kiyimi; boshga oʻraladigan toʻrtburchak shaklidagi mato. Jun, ip, ipak, sunʼiy tolalardan toʻqib, matolardan tikib tayyorlanadi, Doka R., shol R., gʻijim R., tivit R. va boshqa xillari bor. Amaliy bezak sanʼatida murabba shakldagi matoga ip, ipakda kashta tikib ham tayyorlanadi; Urta Osiyo xalqlari orasida, shuningdek, katta R. ichidan oʻraladigan peshanaband turi ham mavjud.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |