Rizosfera

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rizosfera (yunoncha: rhiza — ildiz va sfera-qobiq) — oʻsimlik ildizlarini bevosita oʻrab turadigan tuproq qatlami. Tuproqning boshqa qatlamlariga qaraganda P. mikroorganizmlarga boy boʻlganidan, unda tuproq jarayonlari kuchliroq kechadi. R. mikroflorasining tarkibi tuproq tipi, ekologik sharoitlar va oʻsimlik yoshiga bogʻliq. Oʻsimliklar ildizlari orqali R.ga turli moddalar (qand, organik kislotalar, alkaloidlar, fitonsidlar) chiqadi va bu ajratmalar R. mikroorganizmlari uchun ozuqa boʻladi, tuproq nordonligini oʻzgartiradi. (yana qarang Ildiz).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil