Gulchehra Rixsiyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gulchehra Rixsiyeva Shavkatovna
 Toshkent davlat sharqshunoslık universiteti rektori
Mansab davri
2019-yildan – hozirgacha
Oʻtmishdoshi Abdurahim Mannonov Mutalovich
 Zangiota tumani Xalq deputatlari Kengashi a'zosi
Mansab davri
2020-yildan – hozirgacha
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1971-yil
Toshkent viloyati, Zangiota tumani
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Istiqomat joy(lar)i Toshkent
Oʻzbekiston
Dini islom
Maʼlumoti oliy
Mukofotlari "Xalq taʼlimi aʼlochisi" koʻkrak nishoni (2006), „Xitoy — Oʻzbekiston munosabatlarining 25 yilligiga qoʻshgan hissasi uchun“ koʻkrak nishoni (2017), „Shanxay hamkorlik tashkilotining 20 yilligi“ esdalik medali (2021), "Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi" esdalik nishoni (2021), "Turizm fidoyisi" koʻkrak nishoni (2023), Kyungdong universiteti Faxriy professori (2023), „Oʻzbekiston — Ozarbayjon hamkorligiga qoʻshgan hissasi uchun“ statuetkasi (2023)

Gulchehra Rixsiyeva Shavkatovna (1971, Toshkent viloyati) — oʻzbek tili va adabiyoti boʻyicha mutaxassis, filologiya fanlari nomzodi, professor. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori[1]. Respublika Oliy taʼlim kengashi aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi Gender tengligi boʻyicha komissiya aʼzosi, Erasmus+ Oliy taʼlim islohoti boʻyicha ekspertlar jamoasi aʼzosi (HEREs)

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1971-yil Toshkent viloyati Zangiota tumanida shifokorlar oilasida tavallud topgan.
1993-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan
2000-yildan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida faoliyat yuritib keladi.

2000-2004-yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida katta oʻqituvchi, 2004-2009-yillarda boʻlim boshligʻi, 2009-2018-yillar Ilmiy ishlar boʻyicha prorektor, 2019-yilda Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatgan.
2019-yil iyul oyidan Toshkent davlat sharqshunoslık universiteti rektori[2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbek tili va adabiyoti, oʻzbek tilini chet elliklarga oʻqitish, Taʼlim sifatini oshirishda Erasmus+ ICM loyihalari, Taʼlim sifatini taʼminlash, ilmiy salohiyatni oshirish masalalari boʻyicha 300 dan ortiq ilmiy ishlar, monografiyalar muallifi. Bir qancha Xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi: Turkiya; Xitoy, Yaponiya, Rossiya, Vengriya, Polsha, Xorvatiya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Koreya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Italiya, Malayziya, Fransiya, Ispaniya, Singapur, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Misr

Networking va aʼzoliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Gender tengligi boʻyicha komissiya aʼzosi (2019-2021), Erasmus+ Oliy taʼlim islohoti boʻyicha ekspertlar jamoasi aʼzosi (HEREs) (2012-h.v.), Respublika Oliy taʼlim kengashi aʼzosi (2021-h.v.),

Asosiy ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Sharqshunoslik“ ilmiy jurnali bosh muharriri (2019-h.v.)
  2. „Sharq mash’ali“ ilmiy jurnali bosh muharriri (2019-h.v.)
  3. „Turkologiya“ ilmiy jurnali bosh muharriri (2021-h.v.)

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni (2006)

„Xitoy — Oʻzbekiston munosabatlarining 25 yilligiga qoʻshgan hissasi uchun“ koʻkrak nishoni (2017)

„Shanxay hamkorlik tashkilotining 20 yilligi“ esdalik medali (2021)

„Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ esdalik nishoni (2021)

„Turizm fidoyisi“ koʻkrak nishoni (2023)

Kyungdong universiteti Faxriy professori (2023)

„Oʻzbekiston — Ozarbayjon hamkorligiga qoʻshgan hissasi uchun“ statuetkasi (2023)


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]