Ritmik gimnastika
Ritmik gimnastika, Aerobika — musiqa sadolari ostida ijro etiladigan bir qancha jismoniy mashqlar (yurish, yugurish, sakrash va boshqalar). Sogʻlomlashtirish maqsadida qoʻllaniladi. Barcha yoshdagi kishilar (erkaklar, ayollar, bolalar) shugʻullanishi mumkin. Rimik gimnastika. 1960-yillarda AQShda vujudga keldi. Oʻtgan asrning 70-yillari oʻrtalaridan Oʻzbekistonda ham ommalasha boshladi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |