Toʻxtapoʻlat Risqiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toʻxtapoʻlat Risqiyev
Oʻzbekiston Prezidentining fan, taʼlim va ijtimoiy muammolar masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi
Mansab davri
1997-yil – 2003-yilgacha
Hukumat boshligʻi Oʻtkir Sultonov
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi ?
Vorisi ?
Mansab davri
1993-yil – 1994-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi ?
Vorisi Alisher Azizxoʻjayev[1]
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 3-noyabr 1944-yil
Toshkent
Vafoti 29-oktyabr 2014-yil(2014-10-29)
(69 yoshda)
Toshkent

Risqiyev Toʻxtapoʻlat Tursunovich (1944.3.11 — Toshkent — 2014.29.10) — fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1995), texnika fanlari doktori (1993). ToshDUni tugatgan (1970). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida ishlagan (1970-72). Fizika-texnika institutida ilmiy xodim, laboratoriya mudiri, direktor oʻrinbosari (197292). Oʻzbekiston Resublikasi Fan va texnika davlat komiteti raisining birinchi oʻrinbosari (1992—93, 1994—97). Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining fan, taʼlim va ijtimoiy muammolar masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi (1993—94, 1997—2003). 2003-yildan 2010-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligidagi favqulodda va muxtor elchisi. Ilmiy ishlari Oʻzbekistonda yuqori konsentratsiyalashtirilgan quyosh energiyasidan foydalangan hodda xususiyatlari oldindan belgilangan yangi materiallarni yaratish texnologiyalariga oid.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]