Rishiri togʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rishiri togʻi
利尻山
Turi statovulqon
Joylashuvi Xokkaydo, Yaponiya
45°10′48″N 141°14′21″E / 45.18000°N 141.23917°E / 45.18000; 141.23917 G OKoordinatalari: 45°10′48″N 141°14′21″E / 45.18000°N 141.23917°E / 45.18000; 141.23917 G O
Yaponiya tabiiy xaritasi

Rishiri togʻi (yaponcha: 利尻山 Rishiri-zan?)[1] — toʻrtlamchi vulqon davrda paydo boʻlgan stratovulqon, Yaponiyaning Xokkaydo qirgʻogʻida, Yapon dengizi boʻyida joylashgan. U Yapon dengizidan koʻtarilib, Rishiri orolini hosil qiladi. Rishiri togʻining konussimon shakli Fudzi togʻiga oʻxshab ketganligi sababli ham, yerlik aholi uni baʼzan Rishiri Fudzi deb nomlashadi. Rishiri togʻi Yaponiyadagi 100 ta mashhur togʻlari roʻyxatiga kiritilgan. Rishiri togʻining balandligi 1721 m ga yetadi[2].

Togʻ festivali[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rishiri togʻining ochilish festivali har yili 2-iyul va 3-iyul kunlarida oʻtkaziladi. Ushbu festival rasmiy ravishda toqqa chiqish mavsumini ochib beradi[3]. Har yili shu festevalni tomosha qilish maqsadida Yaponiyaning turli hududlari va qoʻshni davlatlardan turistlar tashrif buyuradi. Toqqa chiqish muddati oktyabr-noyabr oylariga qadar davom etishi mumkin. Ammo keyinchalik, toqqa chiqish yopiladi. Sababi bu yerda qish qattiq va yoʻllar juda noqulay boʻlib qoladi.

Geologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rishiri togʻi 130 000-18 000 yil oldin soʻnggi pleystotsen davridagi ishqoriy va ishqorli boʻlmagan mafik vulqon jinslari asosida shakllangan. Shuningdek, u toʻrtlamchi vulqon tosh qoldiqlari bilan qoplangan[1].

Toqqa chiqish yoʻli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rishiri choʻqqisiga chiqish alpinistlikni yangi boshlagan sayohatchilar uchun u qadar qulay emas, chunki toqqa chiqish yoʻllari juda xavfli. Togʻning pastki qismida lager va choʻqqidan uncha uzoq boʻlmagan masofada favqulodda vaziyatlar uchun qurilgan kulba bor. Undan biroz pastroqda ziyoratgoh joylashgan. Havo ochiq kunlari togʻ manzarasi Xokkaydo, qoʻshni Rebun oroliga va Rossiyadagi Saxalin orolidan ham yaqqol koʻrinib turadi.

Ommaviy madaniyatda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shiroi Koibito toʻplamida markazda joylashgan Rishiri togʻining rasmini koʻrish mumkin.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Seamless Digital Geological Map of Japan“. The Geological Survey of Japan. National Institute of Advanced Industrial Science and Technology (2-noyabr 2007-yil). 23-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyul 2008-yil.
  2. „Japan Ultra-Prominences“. peaklist.org. Qaraldi: 2-yanvar 2015-yil.
  3. Hunt, Paul. Hiking in Japan: An Adventurer's Guide to the Mountain Trails, First, Tokyo: Kodansha International Ltd., 1988 — 11 bet. ISBN 0-87011-893-5. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Rishirizan — Yaponiya meteorologiya agentligi (yaponcha)
  •  — Yaponiya meteorologiya agentligi
  • Rishiri Zan — Yaponiya geologik xizmati

Andoza:100 Famous Japanese Mountains