Rio Ferdinand
|
Ferdinand (2015-yil) | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Rio Gavin Ferdinand[1] | ||
| Tavallud sanasi | 7-noyabr 1978-yil[2] | ||
| Tavallud joyi | Camberwell, Angliya | ||
| Boʻyi | 6 fut 2 inches (1.89 m)[3] | ||
| Ampluasi | Markaziy himoyachi | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 1992–1995 | West Ham United | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1995–2000 | West Ham United | 127 | (2) |
| 1996–1997 | → AFC Bournemouth | 10 | (0) |
| 2000–2002 | Leeds United | 54 | (2) |
| 2002–2014 | Manchester United | 312 | (7) |
| 2014–2015 | Queens Park Rangers | 11 | (0) |
| Total | 514 | (11) | |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1996–1997 | Angliya U18 | 7 | (0) |
| 1997–2000 | Angliya U21 | 5 | (0) |
| 1997–2011 | Angliya | 81 | (3) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Rio Gavin Ferdinand (1978-yil 7-noyabrda tugʻilgan) angliyalik sobiq professional futbolchi, markaziy himoyachi pozitsiyasida oʻynagan va oʻn yil davomida TNT Sports telekanalida sharhlovchi vazifasini bajargan[4]. Rio 1997-yildan 2011-yilgacha Angliya milliy terma jamoasi safida 81 ta oʻyin oʻtkazgan hamda uchta FIFA Jahon chempionati ishtirokchisi boʻlgan[5]. Ferdinand barcha davrlarning eng koʻp mukofotlangan ingliz futbolchilaridan biri hisoblanadi va koʻpchilik uni Angliyaning eng buyuk himoyachilaridan biri sifatida eʼtirof etadi[6][7][8][9].
Ferdinand futbolchilik faoliyatini turli yoshlar jamoalarida oʻynashdan boshlagan va 1992-yil „West Ham United“ klubi akademiyasidan oʻrin olgan. West Ham klubida yoshlar jamoasi safidan asosiy tarkibga oʻtgan va 1996-yilda Premyer-ligada professional debyut qilgan. U muxlislarning sevimlisiga aylandi va keyingi mavsumda „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ mukofotini qoʻlga kiritgan. Rio oʻzining birinchi xalqaro oʻyinini 1997-yilda Kamerunga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va oʻsha paytda Angliya terma jamoasida oʻynagan eng yosh himoyachi sifatida qayd etilgan. Uning yutuqlari va futbol salohiyati „Lids Yunayted“ klubini oʻziga jalb qilgan va oʻsha davr uchun rekord darajadagi 18 million funt sterling evaziga klubga oʻtgan. U klubda ikki mavsum oʻtkazdi, 2001-yilda jamoa sardori boʻlgan. 2002-yil iyul oyida taxminan 30 million funt sterling evaziga „Manchester Yunayted“ klubiga oʻtgan va yana transfer rekordini yangilagan.
„Manchester Yunayted“ klubidagi dastlabki mavsumidayoq Premyer-ligada gʻolib chiqqan. 2003-yil sentyabr oyida giyohvandlik testidan oʻta olmagan va 2004-yilning yanvaridan sentyabrigacha sakkiz oyga futboldan chetlashtirilgan, buning natijasida u Premyer-liganing yarim mavsumini, „Manchester Yunayted“ning Angliya kubogidagi gʻalabasini va Yevro-2004 xalqaro musobaqasini oʻtkazib yuborgan. Chetlatish muddatini o'taganidan so'ng, u „Manchester Yunayted“ning asosiy jamoasida oʻzini koʻrsatdi va besh yil ichida toʻrt marta PFA tomonidan yilning eng yaxshi jamoasiga kiritilgan. Uning „Yunayted“dagi faoliyati, u oltita Premyer-liga chempionligi va 14 ta sovrinni qoʻlga kiritgan[10] 2014-yilda shartnomasi tugaganida yakunlandi va keyinchalik u „Kuinz Park Reynjers“ga qoʻshildi va u Premyer-ligadan tushib ketishi natijasida klubdan qoʻyib yuborilgunga qadar atigi bir mavsum oʻynadi. U 2015-yilning 30-mayida professional futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan.
2017-yil sentyabr oyida Ferdinand xotinining oʻlimini yengishga yordam berish uchun professional bokschi boʻlish niyatini eʼlon qildi[11]. Uning akasi Anton ham markaziy himoyachi boʻlib, „Vest Xem“ va „Sanderlend“ kabi klublarda oʻynagan. Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Les Ferdinand va „Dagenham & Redbridge F.C.“ klubining sobiq yarim himoyachisi Kane Ferdinand uning amakivachchalari hisoblanadi.
2025-yilda Ferdinand, uning rafiqasi Kate va oilasi farzandlari uchun yaxshiroq taʼlim standartlari va BAA turmush tarzi sifatini bahona qilib, Dubayga koʻchib oʻtdi[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Premier League Clubs submit Squad Lists“. Premier League (2012-yil 2-fevral). 2012-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-fevral.
- ↑ „Rio Ferdinand“. Barry Hugman's Footballers. Qaraldi: 2017-yil 18-noyabr.
- ↑ „Player Profile: Rio Ferdinand“. Premier League. 2013-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-iyul.
- ↑ 4,0 4,1 Radhakrishnan, Manjusha „Rio Ferdinand swaps UK rain for Dubai’s sun, sand and safety“ (en). Gulf News: Latest UAE news, Dubai news, Business, travel news, Dubai Gold rate, prayer time, cinema (2025-yil 22-avgust). Qaraldi: 2025-yil 4-noyabr.
- ↑ „Rio Ferdinand Profile, Statistics, News, Game Log“. ESPN Soccernet (1997-yil 15-noyabr). 2010-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 19-aprel.
- ↑ „Chelsea v Manchester United: Rio Ferdinand vilified as his pursuit of the FA Cup goes on“ (2013-yil 1-aprel). 2022-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Why is Rio Ferdinand the most unheralded player of his England generation?“. FourFourTwo (2015-yil 4-iyun).
- ↑ „Rio Ferdinand retires: Former Manchester Utd defender was one of the greats“. Sky Sports.
- ↑ White, Mark. „Ranked! The 100 best Premier League players ever“. FourFourTwo (2025-yil 25-mart). Qaraldi: 2025-yil 25-mart.
- ↑ Jupp, Adam „Rio Ferdinand career in numbers“ (2014-yil 13-may). Qaraldi: 2018-yil 8-iyul.
- ↑ „Rio Ferdinand says professional boxing career will help him cope with the loss of his wife“. Manchester Evening News (2017-yil 19-sentyabr).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda Rio Ferdinand haqida turkum mavjud |
| Vikiiqtibosda Rio Ferdinandga tegishli iqtiboslar mavjud. |
- Rasmiy sayti
- Rio Ferdinand Foundation official site
- Rio Ferdinand profile (Wayback Machine saytida 13 January 2016 sanasida arxivlangan) at the Football Association website
- Rio Ferdinand – FIFA musobaqalaridagi natijalari (arxivlangan)
- Rio Ferdinand Soccerbase saytida
- Rio Ferdinand Englandstats.com saytida
- legal ruling in privacy case, Wayback Machine saytida (28 May 2012 sanasida arxivlangan)
- 7-noyabrda tugʻilganlar
- 1978-yilda tugʻilganlar
- Navboxes template with no content
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Angliyalik erkak futbolchilari
- Erkak futbol himoyachilari
- Erkaklar futbol markaziy himoyachilari
- West Ham United F.C. futbolchilari
- AFC Bournemouth futbolchilari
- Leeds United F.C. futbolchilari
- Manchester United F.C. oʻyinchilari
- Queens Park Rangers F.C. futbolchilari
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- Angliya futbol ligasi futbolchilari
- UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- Futbolda doping holatlari
- Angliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari
- FIFA Jahon chempionati 1998 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2002 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari
- Britaniya Imperiyasi ordeni ofitserlari

