Rio-grande
Jump to navigation
Jump to search
Rio-grande, RioBravodel Norte — AQSH va Meksikadagi dare, 2000 km masofada, yaʼni ElPaso shahridan quyilish joyigacha ular orasidagi chegara vazifasini oʻtaydi. Uz. 2870 km, havzasining maydoni 570 ming km². Qoyali togʻlardan boshlanib, qurgʻoqchil platolardan, baʼzida tor daralardan oqadi va Meksika qoʻltigʻiga quyiladi. Oʻrta oqimida oʻrtacha suv sarfi 570 m³/sek, quyilish yerida 15–20 m³/sek. Suvining deyarli hammasi sugʻorishga sarflanadi. Yirik suv omborlari qurilgan. Ayrim qismlarida kema qatnaydi.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |