Rikota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rikota - italyancha zardobli pishloq.

Rikota soʻzma-soʻz tarjima qilinsa „qayta pishirilgan“ yoki „tozalangan“ degan maʼnoni anglatadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Italiya yarim orolida rikota ishlab chiqarish tarixi bronza davriga toʻgʻri keladi. Miloddan avvalgi II ming yillikda sopol idishlarda sut pishirish yoʻlga qoyila boshlangan. Sopol sut qozonchalar sutni yuqori haroratda qaynatish va uni meʼyorda ushlab turishga moʻljallangan.


Qadimgi rimliklar rikota pishlogʻini tayyorlashgan, ammo Kato Elder, Markus Terentius Varro va Kolumella kabi qishloq xoʻjaligi boʻyicha yozuvchilar bu haqda hech nima yozib qoldirishmagan. Rikota uni ishlab chiqargan choʻponlar tomonidan isteʼmol qilingan deb ehtimol qilishadi. Ammo rasmlar va adabiyotlardan olingan dalillar rikotani Rim aristokratlari ham bilishgan va isteʼmol qilganligini koʻrsatadi.

Keramik sut qozonlari Apennin choʻponlari tomonidan milodiy XIX asrda rikota tayyorlash uchun ishlatilgan. Bugungi kunda metall sutli qozonlardan foydalanilmoqda, ammo ishlab chiqarish usullari zamonlar osha oʻzgargan.

Rikota salata rikottaning qattiq, tuzlangan navidir.
Ricotta affumicata, Kalabriyadagi dudlangan nav
Ricotta forte — bankalarda sotiladigan Apuliya navidan juda yumshoq nav.
  • Pishloqlar roʻyxati

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]