Reznatron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Reznatron [rezonator va ing. (elec)tron — (elek)tron] — kuchli tebranishlarni kuchaytirish va generatsiyalash (hosil qilish) uchun moʻljallangan elektron lampa (tetrod). R.da elektrodlar kirish va chiqishdagi tebranma tizimlarni hosil qiluvchi rezonatorlarning bir qismi hisoblanadi. Bir uchi ochiq, ikkinchi uchi qisqa tutashtirilgan 2 koaksial sim boʻlagi rezonator vazifasini oʻtaydi. Bu simlarning uzunligini oʻzgartirish bilan R.ning xususiy chastotasi oʻzgartiriladi. R. bilan tebranishlar detsimetrli diapazonda uzluksiz rejimda 85 kVt gacha, impulsli (uzlukli) rejimda bir necha yuz kVt gacha kuchaytiriladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil