Rezinatexnika sanoati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rezinatexnika sanoati - neft kimyosi sanoati tarmogʻi. Tarmoq korxonalarida sintetik va tabiiy kauchuk asosida turli rezina buyumlari tayyorlanadi. Asosiy mahsulotlari: avtomobil, mototsikl, traktor, velosiped va boshqa mashinalarga shinalar, rezina qoʻlpoqlar, transportyorlar, tashish lentalari, uzatma tasmalar, mashinalar va turli mexanizmlar uchun quyma va noquyma detallar, issiqlik va elektr izolyasiyasi materiallari va boshqa Bundan tashqari, Rezinatexnika sanoatis. korxonalarida avtomobillar va qishloq xoʻjaligi mashinalari shinalari tiklanadi, rezinali poyabzallar, rezina aralash gazmollar, sanitariya va gigiyena anjomlari, sport buyumlari, oʻyinchoklar va boshqa ishlab chiqariladi. Rezinatexnika sanoatis. mahsulotlari mashinasozlik, kimyo, kumir, metallurgiya va boshqa sanoat tarmoklarida, transport va harbiy texnikada qoʻllaniladi.

Oʻzbekistonda bu tarmoqning ilk korxonasi Toshkent rezinatexnika mahsulotlari zdi 1944-yilda ishga tushirildi va toʻla quvvat bilan ishlay boshladi. Ilgari, asosan, rezina mahsulotlari i.ch.ga ixtisoslashgan "Oʻzbekrezinatexnika" birlashmasi (1975) 1987-yildan xalq isteʼmoli tovarlari i.ch.ga oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan soʻng, Rezinatexnika sanoatis. korxonalari qayta jihozlanib, mashinasozlik korxonalariga butlovchi qismlar i.ch.ga yoʻnaltirildi. 1992-yildan "Oʻzbekrezinatexnika" birlashmasida yengil avtomobil shinalarini tayyorlash oʻzlashtirildi. 1996-yilda yiliga yengil avtomobil uchun 1,5 mln. dona, yuk avtomobillari uchun 200 ming dona shina ishlab chiqariladigan quvvatlar ishga tushirildi.

Bundan tashqari, "Oʻzbekrezinatexnika" birlashmasi va kimyo sanoatining boshqa korxonalarida (Samarqand kimyo zdi) kalishlar i.ch. 10 mln.dan juftga yetkaziladi (1995). Shuningdek, bu tarmoq korxonalari respublika avtomobil sanoati uchun turli xildagi rezinatexnika mahsulotlari ishlab chikaradi.

Risqivoy Yoqubov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil