Reynstik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Reynstik (yomgʻir daraxti, yomgʻir tayogʻi, yomgʻir fleytasi, zer pu ;inglizcha: RainstickRainstick — „yomgʻir tayogʻi“) idiofon turkumiga kiruvchi zarbli cholgʻu asbobi. Bu uchlari mahkam yopilgan, ichki qismida butun uzunligi boʻylab toʻsiqlar joylashgan va qisman mayda sochiluvchan toʻldirgʻich (don va boshqa urugʻlar, mayda toshlar, mayda munchoqlar va boshqa qattiq granulalar) bilan toʻldirilgan ichi boʻsh uzun truba hisoblanadi. Oʻsimlik tikanlari, toʻgʻnagʻichlar, tishkavlagichlari va boshqalardan tayyorlanishi mumkin boʻlgan toʻsiqlar truba ichida spiral hosil qilib joylashadi. Reynstik vertikal ravishda agʻdarilganda, uning ichidagi narsalar spiral toʻsiq orqali quvurning qarama-qarshi uchiga quyiladi va yomgʻir shovqinini eslatuvchi ovoz chiqaradi.

Reynstikning uzunligi har xil boʻlishi mumkin, lekin foydalanish uchun qulayligi hisobga olinib, koʻpincha 25-70 sm oraligʻida boʻladi.

Tarixi va ishlab chiqarilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Reynstik Chili yoki Peruda ixtiro qilingan va yomgʻir chaqirish uchun diniy musiqa asbobi sifatida ishlatilgan. Anʼanaviy reynstik quyoshda quritilgan kaktusning uzun tanasidan tayyorlanadi. Bunday quritilgan kaktus butun tanasi boʻylab kovak hosil qiladi; tikanlari kesib olinib, toʻsiq sifatida ishlatiladi. 1970—1980-yillardan boshlab musiqa asbobi asta-sekin ommaboplikka erishadi. Reynstikni, dastlab, sayyohlar va sayohatchilar Lotin Amerikasidan olib kelishgan, u yerda ular esdalik sovgʻalari sifatida taqdim etilgan. Hozirgi vaqtda reynstik musiqachilar tomonidan, xususan, folklor, etnik va boshqa akustik musiqalar, embient, jazz va boshqalarni ijro etishda faol foydalanilmoqda. Reynstik mustaqil ravishda turli xil materiallardan tayyorlanishi mumkin. Rossiyada buning uchun qishlagan lavlagi toʻpguli poyasidan foydalanishadi; koʻpincha toʻsiqlar sifatida tishkovlagichlar ishlatiladi.

Cholgʻu texnikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Reynstikni asta-sekin 180 ° vertikal ravishda aylantirilib, sochiluvchan toʻldirgʻichlar asta-sekin harakatlanishiga imkon beriladi, bu esa yomgʻir shovqiniga oʻxshash ovoz effektini yaratadi. Reynstikning tovush balandligini boshqarish uni oʻz oʻqi atrofida sekin aylantirib, tezlik va egilish burchagini oʻzgartirish (asta-sekin toʻliq agʻdarish uzoqroq va kuchli ovozni hosil qiladi) orqali amalga oshiriladi, shuningdek, ritmik naqshlarni yaratish uchun sheyker sifatida foydalanish mumkin.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]