Resnitsi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Resnitsi“
„Brtaya Grim“ qoʻshigʻi
„Bratya Grim“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 2005
Yozib olingan 2005
Janr pop-rok
Davomiyligi 3:01
Leybl Megaliner Records
Matn muallif(lar)i Boris Burdayev
Konstantin Burdayev
Bastakor(lar) Boris Burdayev
Konstantin Burdayev
„Bratya Grim“ xronologiyasi
„Baraban“ Resnitsi „Leto“
Klipi
„Resnitsi“ YouTubeda

Resnitsi“ (ruscha: Ресницы, yaʼni „Kipriklar“) — „Bratya Grim“ rus rok-guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2005-yilning 11-mayida guruhning „Bratya Grim“ nomli albomining ikkinchi singli oʻlaroq chiqarilgan. Albomga uchinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiq matni va kuyini guruh aʼzolari, aka-ukalar Boris Burdayev va Konstantin Burdayevlar yozgan. Qoʻshiq Rossiyada xitga aylangan va guruhga katta shuhrat olib kelgan[1].

Tarona Rossiyada va ayrim MDH mamlakatlariga xitga aylangan. Guruh qoʻshiq uchun 2005-yilda „Zolotoy grammofon“ hamda „Pesnya goda“ mukofotlari bilan taqdirlangan. Shuningdek, qoʻshiq 2006-yil „Fuzz“ jurnalining „Eng yaxshi qoʻshiq“ (ruscha: Лучшая песня) nominatsiyasida mukofoti bilan taqdirlangan.

„Resnitsi“ qoʻshigʻi uchun sodda klip suratga olingan. Undan guruh aʼzolari qoʻshiqni koʻp qavatli imorat tomida ijro etayotgani tasvirlangan. Klip rus musiqa telekanallarida keng efirga uzatilgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Бойкова, Марина „Костя Грим: после испытаний и потерь…“ (ruscha). Радиус города (aprel 2012). Qaraldi: 17-sentyabr 2022-yil.
  2. Арасланов, Антон „"Братья Грим": о "Ресницах", кровной мести, обнаженке в публичных местах и музыке Читайте на WWW.KP.RU: https://www.kp.ru/daily/26558/3577760/“ (ruscha). КП (29-iyul 2016-yil). Qaraldi: 17-sentyabr 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]