Reproduktiv organlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Reproduktiv organlar (lot. re tiklanish, takrorlanish maʼnosida, produco — yarataman) — oʻsimlik va hayvonlarning koʻpayish funksiyasini bajaradigan organlari. Oʻsimliklarda P.O. — vegetativ jinssiz va jinsiy koʻpayishni amalga oshiradigan har xil tuzilmalar. Jinsiy jarayon va nayel gallanishi boʻlmaydigan prokariotlarda Reproduktiv organlar tinim davridagi sporalar, gormogoniyalar va boshqalardan iborat. Koʻpchilik zamburugʻlar, suvoʻtlar va nayel gallanishi (sporofit va gametofit) orqali rivojlanadigan sporali oʻsimliklarda Reproduktiv organlar jinssiz koʻpayishda sporangiylar, jinsiy koʻpayishda gematangiylardan iborat. Urugʻli oʻsimliklarda nayel gallanishi yashirin oʻtadi va qizlik sporofit (urugʻkurtak) ona sporofitda rivojlanadi; Reproduktiv organlardagi mikro va megasporotsitlar, changdon va tuxumning generativ hujayralari hisoblanadi. Koʻpincha Reproduktiv organlar termini keng maʼnoda qoʻllanadi; ularga gullar, mevalar (yopiq urugʻlilar) va strobilalar, yaʼni erkak va urgʻochi qubbalar (ochiq urugʻlilar) va boshqa generativ strukturalar kompleksi qoʻshiladi. Vegetativ koʻpayish organlari ham Reproduktiv organlarga klritiladi. Hayvonlarda Reproduktiv organlar jinsiy organlar deyiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil