Reostat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Reostat (yun. rheos — oqim va statos — qoʻzgʻalmas) — elektr zanjiridagi tok yoki kuchlanishni rostlab turadigan qurilma. Asosan, faol qarshilikdan iborat; qarshilikni ravon yoki pogʻonali oʻzgartirish mumkin. Vazifasiga koʻra, R. ishga tushirish, ishga tushirishrostlash, rostlash va nagruzka, qarshilik; materialiga koʻra, metall, lampali, suyuqlikli va koʻmirli xillarga boʻlinadi.

Ishga tushirish R.i elektr dvigatellarni ishga tushirishda tokni cheklash uchun ishlatiladi. Ishga tushirish — rostlash R.i elektr dvigatellarini ishga tushirish paytida tokni cheklash bilan birga zanjirdagi tok yoki kuchlanishni rostlaydi. Rostlash R.i elektr zanjirida tok yoki kuchlanishni rostlab turish uchun moʻljallanadi. Nagruzka R.i esa akkumulyatorlar batareyasini zaryadlash va boshqa maqsadlarda ishlatiladi (Mas, lampali R.). Su yuql ikl i R. ichiga elektrolit toʻldirilgan va elektrod botirilgan idishdan iborat. Uning karshiligi elektrodlar orasidagi masofani yoki elektrodlarning suyuklikka botish chuqurligini oʻzgartirib rostlanadi. Koʻmirli R. yupqa koʻmir shaybalaridan ustuncha koʻrinishida yigʻiladi. Uning qarshiligi ustunchalarga qoʻyiladigan bosimni oʻzgartirib rostlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil