Rene Vandereycken

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rene Vandereycken (niderlandcha: René Vandereycken)—belgiyalik futbolchi va futbol murabbiyi.1953-yil 22-iyulda Belgiyaning Xasselt shahrida tugʻilgan.U Belgiyaning „Bryugge“ klubi futbolchisi sifatida tanilgan.Belgiya terma jamoasini 2006-yilning 1-yanvaridan 2009-yilning 7-apreligacha boshqargan.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U professional faoliyatini oʻz shahri-"Xasselt" klubida boshlagan.1974-yilda u „Bryugge“ klubiga oʻtdi va u uchun 7 mavsum oʻynadi.U klub safida jami 233 ta oʻyin oʻtkazgan. 1981-yilda Italiyaning „Jenoa“ klubi bilan shartnoma imzoladi va u Italiyada 2 mavsumni oʻtkazdi.1983-yilda u Belgiyaga qaytdi va „Anderlext“ safida oʻynadi.U uchun 94 ta oʻyin oʻtkazib,13 ta gol urdi.U 1986/87-yilgi mavsumni Germaniyaning „Blau-Vays 1890“ jamoasida oʻtkazdi.U futbolchilik faoliyatini 1989-yilda „Gent“ bilan yakunlagan.

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umumiy hisobda Rene Belgiya terma jamoasi safida 50 ta oʻyin oʻtkazib,3 ta gol urgan.1980-yilda Italiyada Yevropa vitse-chempioni (musobaqa finalida penaltidan kiritilgan gol muallifi).1984-yilda Fransiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionati va 1986-yilda Meksikada boʻlib oʻtgan jahon chempionati ishtirokchisi.

Jamoaviy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rene „Tvente“ga ikki mavsum murabbiylik qildi."Anderlext" klubiga esa bir necha oy murabbiylik qilgan.2005-yil iyun oyida „Genk“ klubi tomonidan ishdan boʻshatilgan boʻlsada, klub yevrokuboklarga yoʻllanma olgandi.U shuningdek „Gent“, „Standart Liege“, „Molenbeek“ va „Maynz 05“ klublarini boshqargan.Rene taktik va himoyaviy oʻyinni yaxshi koʻrardi.

U 2006-yilning yanvaridan 2009-yilning apreligacha Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan.Bu davrda u taktik qarorlari uchun matbuotda koʻp tanqidlarga uchradi.2009-yil 7-aprelda milliy terma jamoa 2010-yilgi jahon chempionati saralash bosqichidagi ikkinchi oʻyinda Bosniya va Gersegovinaga[1][2] magʻlub boʻlganidan keyin isteʼfoga chiqarilgan edi.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

= "Bryugge"[tahrir | manbasini tahrirlash]

= "Anderlext"[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Belgien entlässt Coach Rene Vandereycken
  2. „Belgium dispense with Vandereycken“. Uefa.com (7-aprel 2009-yil). Qaraldi: 29-aprel 2009-yil.