Renaturatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Renaturatsiya (re... va lot. natura — tabiiy xususiyat) — denaturatsiyaga uchragan biopolimer (Mas, oqsil yoki nuklein kislota) molekulasining biologik nativ (faol) holatga oʻtishi (qarang Denaturatsiya). Agar denaturatsiyada oqsil molekulasi ixcham taxlangan (tartibli) holatdan tartibsiz holatga oʻtadigan boʻlsa, R.da buning teskarisi sodir boʻladi, yaʼni oqsil molekulasining polipeptid zanjirida aminokislotalarning ketmaketligi tartibi orqali ifodalanadigan birlamcha strukturasi qayta tiklanadi. 2 zanjirli DNK molekulasini 100° ga qizdirilganida asoslar oʻrtasidagi vodorod bogʻlar uziladi va komplementar zanjirlar birbiridan ajralib, DNK denaturatsiyaga uchraydi. Biroq, asta-sekin sovitilganda DNKning komplementar zanjirlari yana tiklanishi, yaʼni R. sodir boʻlishi mumkin. DNKning bu xususiyatidan sunʼiy gibrid DNK olishda foydalaniladi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil