Renata Voráčová
| Renata Voráčová | |
|---|---|
|
Voráčová 2017-yilgi Wimbledon chempionatida | |
| Mamlakat |
|
| Istiqomat joyi | Zlín |
| Tugʻilishi |
1983-yil 6-oktyabr Zlín, Chexoslovakiya |
| Boʻyi | 1.76 sm |
| Professionallik | 2000 |
| Ishlatadigan qoʻli | Oʻng qoʻl |
| Murabbiy | Libor Supert |
| Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori | $1 943 782 |
| Yakkalik bahslar | |
| Rekordi | 500–425 |
| Jami titullari | 15 ta ITF |
| Eng yuqori pozitsiyasi | No. 74 (11 October 2010) |
| „Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari | |
| Australian Open | 2R (2007) |
| French Open | 1R (2011) |
| Wimbledon | 1R (2008, 2010) |
| US Open | 1R (2002, 2007, 2010) |
| Juftlik bahslari | |
| Rekordi | 704–472 |
| Jami titullari | 11 ta WTA, 3 ta WTA Challenger |
| Eng yuqori pozitsiyasi | No. 29 (21-avgust 2017) |
| Joriy pozitsiyasi | No. 360 (17-iyun 2024) |
| „Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari | |
| Australian Open | 2R (2003, 2014) |
| French Open | 3R (2012) |
| Wimbledon | SF (2017) |
| US Open | 2R (2008, 2012, 2014, 2021) |
| „Katta dubulgʻa“ turniri aralash juftlik bahslari natijalari | |
| Australian Open | 1R (2008) |
| Wimbledon | 3R (2011) |
| US Open | 1R (2017) |
| Soʻnggi marta yangilandi: 18-iyun 2024. | |
Renata Voráčová (1983-yil 6-oktyabrda tugʻilgan) — chexiyalik professional tennischi. WTA Tur musobaqalarida juftlik yoʻnalishi boʻyicha 11 ta, WTA 125 turnirlarida 3 ta, shuningdek, ITF ayollar oʻrtasida jahon tennis turnirlari seriyasida yakkalik yoʻnalishi boʻyicha 15 ta, juftlik yoʻnalishi boʻyicha 58 ta unvonni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan. 2010-yil 11-oktyabrda yakkalik yoʻnalishi boʻyicha 74-raqamga koʻtarilgan. 2017-yil 21-avgustda WTA juftlik yoʻnalishi reytingida esa 29-oʻringa koʻtarilgan. Bu uning sport faoliyatidagi eng yuqori reyting koʻrsatkichi hisoblanadi[1].
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Voráčováning otasi Frantisekning gaz kompaniyasi bor, onasi Vlasta esa sport markazini boshqaradi. Uning David ismli akasi professional raqqos hisoblanadi. Renata 7 yoshida tennis oʻynashni boshlagan[2].
Sport faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshlar toifasida Voráčová yakkalik yoʻnalishi boʻyicha jahonning 4-raqami va juftlik yoʻnalishi boʻyicha 3-raqamiga koʻtarilishga erishgan. Uning yoshlar oʻrtasida tashkil etilgan sport musobaqalarida qayd etgan yorqin yutuqlardan biri Petra Cetkovská bilan birga 2001-yilgi Fransiya Ochiq chempionatining juftlik bahslari gʻolibligi boʻlgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Renata Voracova at WTA“.
- ↑ „Renata Voracova's Bio“. wtatennis.com.
- ↑ „Renata Voracova at ITF“. itftennis.com.